Yolg'izlatma do'st

Bilaman, tashvish mehmon, o'tkinch,
Yonimda bo'lsang bo'lmas o'kinch,
Faqat yagona bitta ilinj
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Nimalar ko'rar ko'z bilmayman,
Sen borki yolg'iz qolmayman,
Shunda hech qachon xor bo'lmayman,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Kun kelsa o'zim 'to'r' o'rayman,
Bardoshim tugab jim nurayman,
Faqat sendan do'st, men so'rayman
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ushbu osmonning keng ostida,
Mana shu yerning keng ustida,
Ne bo'lsa ham ha rostida
Do'st keragida, yolg'izlatma...

G'amlar yelkamni bukkanida,
Dil ayovsiz yosh to'kkanida,
Orzular asta cho'kkanida,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Ishonishmasa gar sen Ishon,
Zarba berishsa bo'lgin qalqon,
Kechirishmasa sen ber Imkon,
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Qorong'ulikda bo'lib chiroq,
Yomonliklarni etib yiroq,
Olisda bo'lsang bo'lgin, biroq
Do'st keragida, yolg'izlatma...

Категория: Do'st haqida sherlar / Стихи о дружбе | Просмотров: 69 | Добавил: Admin | Теги: Dost, Haqida, sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ