Maktab so'ngi qo'ngirog'i uchun she'r

Bugun maktab ostonasin hatlab
so'nggi bor
To'qqiz yillik bolalikka yasaysiz
yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar
maktabda,
Chalinadi eng oxirgi
qo'ng'iroq bu kun.
Bilmaman, balki
joningizga tekkan bu jarang
Balki bezor bo'lgandirsiz
darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir
tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin
unutmang aslo!
Axir oson bo'lmagandir 9 yil
kutmoq,
Bekor sarf
bo'lmagandir 9 yil umr.
Oson
bo'lmas ustozlarning etagin
tutmoq,
Barchasining o'z gashti
bor, qilingiz sabr.
Balki sizga
unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan
jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar,
quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk
qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan
sofdil qizaloq Katta bo'lib
onasiga berar maslaxat.
Darsdan
qochib bezor qilgan bir
shalpangquloq Bugun endi
o'zimizga qilar nasixat.
9 yilda
9 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan
ketmaydi albat. Sinfdoshlik bog'i
ichra ochildi do'stlik,
Kimlargadir
nasib bo'ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot
darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa
bo'lmaydi imkon.
Kundalikka
qo'yilmaydi "2" baxolar,
Biling
endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi
partadosh,
Endi sirdosh
bo'lolmassiz, unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar
yelkadosh,
Do'stlik uchun
chalinmaydi so'nggi qung'iroq.

Категория: MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР 2018 | Просмотров: 35 | Добавил: Admin | Теги: Haqida, sherlar, Maktab
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ