Kollej talabalari dardi (Hazil she'r)

Kollej uchun ketgan pulga
Bir neksiya olar edim
Agar domla pul demasa
men millioner bo'lar edim

Baribir ham shu oshimni
Aylanib ham o'zim yedim
Domla kelib pul deganda
Jilmayib la mana dedim


Axir bizga diplom kerak
Chidaymizda bitirguncha
Domlalarning nazarida
Bizlar go'yo qaynar xumcha


Daftar duchka deganimda
Cho'ntakda pul topilmaydi
Lekin do'stlar shu soqqasiz
sessiyalar yopilmaydi


Ey talaba oyda bir marta
Keltirib tur birovdan salom
Agar domla kulib qarasa
Kutar seni qip qizil diplom


Sen bariga chida talaba
O'qi mahkam bog'lab la belni
Aziz do'stlar aziz odamlar
Xizmatiga yaraylik elni!
Shodiyor shamsiy

Категория: SMS TALABA / СМС ТАЛАБА 2018 | Просмотров: 55 | Добавил: Admin | Теги: sms, talaba
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ