Talaba

O`qishga ham kirib olding,
Qaddingni tut talaba,
Talabalik oltin davring,
Davringni sur talaba.
Garchi vatan farzandisan,
Fakultetda arzandaasan.
Shunday ekan qadringni ham,
Sal bilib yur talaba.
Talabasan noming ulug`,
Bo`lsa hamki cho`ntak quruq,
Dilda g`urur, dilda surur,
Handon erur talaba.
Dada, oyi assalom deb,
Hamyon bo`m bo`sh pul tamom deb,
Bazan ota-onanga ham,
Xat yozib tur talaba.
Yetmay qolsa stipendiya,
G`amga botmay ishlat miya,
Mardikorlik bozoriga ,
Yo`lingni bur talaba.
Bo`lmoq kerak gapga usta,
Bir gap aytsa starstva.
O`z bilganingdan qolmasang ham,
Xo`p-xo`p deb tur talaba.
To`g`lar boshi qorsiz bo`lmas,
Talaba degan semiz bo`lmas.
Chunki hech vaqt qorni to`ymas
Rost gap shudir talaba.
Jonga tegsa leksiyalar,
Boshlanganda sessiyalar,
Ahvolinga maymun yi`g`lar,
Sho`ring qurur talaba.
Zachyo`t dardi bir balodir,
Imtixon ham bir balo.
Senga qolsa ikkovi ham,
Asli bir go`r talaba.
O`ynashmagin domla bilan,
U seni yenga bir hamla bilan.
Semestrning oxirida,
O`zingdan ko`r T A L A B A!

Категория: SMS TALABA / СМС ТАЛАБА 2018 | Просмотров: 60 | Добавил: Admin | Теги: talaba
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ