Bir kuni ketaman osmonga uchib

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Muzdek tanam qolar tuproqni quchib
O'zim bilan birga olib ketaman
Haqiqiy sevgimni ruximga bichib

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Qilgan ishlarimga javob bergani
Savob tarozisi og'irlik qilsa
Jannat bog'laridan xurmo tergani

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Do'stlarim ko'zini namlatib qo'yib
Meni ko'rmoqlikka ko'zi yo'qlarni
Dushmanin bittaga kamlatib qo'yib

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Keragim bo'lganlar balki izlaydi
Lekin topolmayin tabassumimni
Dillari sog'inchdan qotib muzlaydi

Bir kuni ketaman osmonga uchib
U kuni kelishdan aslo qo'rqmayman
Yolg'ondan yo'g'rilgan ushbu dunyoga
Qo'nmayman xech qachon qaytib qo'nmayman

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Xozircha tirikman xozircha borman
Olloh chaqiradi keragim payti
Xozircha yerga bir ermaklik jonman

Bir kuni ketaman osmonga uchib
Muzdek tanam qolar tuproqni quchib ...

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 44 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ