Ex Qizlarjon... Qizlarjon...

Ex qizlarjon , qizlarjon
Bazan qaynab ketar qon
Deysiz yurgan yigitim ;
《 Bo'lsa edi Podsho , Xon 》

Bo'lsin diysiz moshini
Bilmay esu xushini .
Bazi qizlar xattoki
Pulsiz ko'rmas tushini

Tushgansizlar asirga
Qalbga emas qasirga .
Vijdoningiz otgansiz
Axlat xona 《 musirga 》

Yamoq shimga kulasiz
Kambag'al deb bilasiz
Ammoki yirtiq kiygan
Boy o'g'lini suyasiz

Har yaproqni gul bilmang
Yongan dilni kul qilmang
Narx qo'yib MUHABBATGA
Sevgini Siz pul qilmang

Nafs yomonda nafs yomon
Ishonch degan qarz yomon
Gar ishonch oqlanmasa
Ko'ngil sinar tars , yomon

Yuk olmang zimmangizga
Aytmadim hammangizga
Shunchaki dog' tushmasin
Or degan tamg'angizga

Qishda kuygan dilingiz
Qorsiz qolishdan qo'rqing
Yorsiz qolishdan ko'ra
Orsiz qolishdan qo'rqing

She'rim botib ketmasin
Dilga o'tib ketmasin
Istagim shu xech bir qiz
Afsusdan ox etmasin

Yor torin chalib chalib
So'ng g'am torin chertmasin ....

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 33 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ