Har bir gapning manosi bor

Har bir gapning manosi bor
Har bir gapning ma'nosi bor
Uqsang agar
Mayda tosh ham tog' bo'ladi
Yig'sang agar
Yaxshiliging javobini
OLLOHDAN kut
Yaxshilikni yaxshi yo'lda ,
Qilsang agar .

El og'ziga tutib bo'lmas
Elakni der
Oy yuziga taqib bo'lmas
Etakni der
Oyog'ingni uzat do'stim
Ko'rpang ko'rib
Chamang bilmay ko'kka uchsang
Yutadi yer

Hayotingga hamrox qilma
G'irromkashni
Yarim yo'lda ketar ular
Yorib boshni
Qancha - qancha massalixni
Sho'r qiladi
Tuzi ko'proq bo'lib ketsa
Agar oshni

Hurmat topmoq istasang gar
Hurmat qilgin
Roxat topmoq xoxlasang gar
Mehnat qilgin
Har kuningga shukur deya
Yashaginda
Ertan kelar kuning uchun
Zaxmat qilgin

Sen to'g'ringda bo'xton gapga
Qo'ling silta
Kulib yurgin , tabbasumga
Sabab mingta
Xudo ko'rsa bo'ldi sening
To'g'riliging
Noxaqlarga orting burib
Xaqni tingla

Dunyo besh kun , har bir kuning
Sinov senga
Har kuni ham turib bermas
Birov senga
Bugun do'stman degan sirdosh
Vaxti kelsa
Bo'lmoq mumkin eng ashaddiy
Bir yov senga

Kistangdagi besh so'mingga
Kerilmagin
Yolg'on maqtov , xushomatga
Semirmagin
O'zingni bos , o'rningni bil
Har bir damda
Iymon qolib , nafsingga sen
Berilmagin

Omad kelsa qator - qator
Qolma shoshib
Omad ketib , kelmoq mumkin
Tashvish toshib
Har ikkala holatda ham
OLLOH deya
Odamiylik axloqidan
Ketma oshib ....

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 50 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ