Har narsaning lekini bor...

Xar narsani lekini bor
Osson yoki sekini bor
Sifatiyu songa qarab
Arzon qimmat tekini bor

Arzon sevgi talon taroj
Sifati nol nadir iloj
Mingta arzon xis tuyguncha
Bitta qimmat ishqqa dil och

Do'stla pul deb g'avg'olashmang
Bo'lmas ishga so'z talashmang
Qiymati yo'q qadri osmon
Oqibatni savdolashmang

Ukalik bor xurmat qiling
Beminnatli xizmat qiling
Opalarga bir shirin so'z
Singillarga xikmat qiling

Qarindoshni yod sanamang
Xizmatingiz bot sanamag
Olloh qilgan qarindoshni
Nochor yoki boy sanamang

Sizni deydi qishin yozi
Har yumishga ular qozi
Ona ulug' jannatingiz
Ota rozi , xudo rozi

Pul nimadir qo'lning kiri
Bu dunyoning bitmas siri
Yer yumoloq , topilmaydi
Yo'qdir uning uchi qiri

Hullas joning abadiymas
Boy o'lsa ham oltin kiymas
Qanday keldik shunday ketish
Bu dunyoga xech kim biymas

Odamlarga mexr bering
Shunda Olloh baxtdan qiymas .....

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 32 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ