Ibratli she'r - Har kimga nimadir yetmaydi...

Devonaga yuz so'm yetmaydi ,
Kambag'alga ming so'm yetmaydi ,
O'rta xolga million yetmasa
Millionerga milliard yetmaydi .

Bo'zchi bo'zga yalchimay qolar
Shoir so'zga yalchimay qolar
Hamma narsa mumkin taqdirda
Mergan ko'zga yalchimay qolar .

Ko'p sayrama tildan qolasan
Kerilmagin beldan qolasan
Yaxshi bo'lsang to'ldirib to'rni
Yomon bo'lsang eldan qolasan .

Ha bu dunyo charxpalak erur
Joying goh past goh falak erur
Hatto oy ham o'n besh kun zulmat
Va o'n besh kun taratadi nur .

Yugur yugur , choplar bitmaydi
Yolg'on yashiq gaplar bitmaydi
Hayot shunday « BAXT » yashar ekan
Bu dunyoda dardlar bitmaydi .

Bir joy yorug' bir joylar xira
Ushbu zanjir uzilmas sira
Bir kam deya bekor aytilmas
Bunday qonun buzilmas sira .

Har narsaga ulgurish mushkul
Yechilmaydi dildagi tugur
Bola - chaqa , davlat topganda ,
Tugab qolar sendagi umr .

Vaxt borida birorta ish yo'q
Ish borida vaxting yetmaydi
Hullas hech kim to'la qonlikmas
Bu dunyoni ishi bitmaydi .

Devonaga yuz so'm yetmaydi
Kambag'alga ming so'm yetmaydi
O'rta - xolga million yetmasa
Millionerga milliard yetmaydi .

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 83 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ