Katta akalar

Katta akalar mehmon bo'lib keling bizga
O'tiramiz bir xonada yoqib shamni
Ariq suvdan ko'k choy damlab beray sizga
Lek to'kinli dastirxondan yemang g'amni
Sovqatishni oldin olip keyin birga
Uxlaymiz so'ng shu xonada olib damni

Tong otganda zamin uzra quyosh chiqib
Maktab tomon olib boray sizni yig'ib
" Aktiv zalga " kirgan payti ketmang cho'chib
Poli cho'kib ketgan keyin devor ko'chib
Derazayu romlari ham yuzga kirgan
Eshiklari eskirgandir rangi o'chib

Bizda birmas qurilgandir ikki maktab
Biri yangi ikkinchisi eski maktab
Yangi maktabni xam bo'lmas lekin maxtab
Uni ko'rib yurolmaysiz qolip to'xtab
Tomlarida shiferlari sinib ketgan
Maktab emas xarobaga qolgan o'xshab

Keling bizga chaman bo'lgan cho'lni ko'ring
Qovun , tarvuz to'kinchilik mo'lni ko'ring
Cho'ldan o'tib baliq to'la ko'lni ko'ring
Ulovingiz yurib kelgan yo'lni ko'ring
Bu yo'llarni ko'rmay bo'lmas g'adir budir
Hohlasangiz chapni hohi o'ngni ko'ring

Bu yo'llarda ichingiz ho'p to'kiladi
" E onangni ... " deya bilmay so'kiladi
Ushbu sherim qayerdadir o'qiladi
Rost yozmasam netay nafas tiqiladi
Eshitganing yolg'on deydi ko'rganing rost
Ko'rganimni yozib yurak siqiladi

Yo'l iskizi bizga yetmay qayrilgandek
Bizning ulov tekkis yo'ldan ayrilgandek
" Yo'l azobi go'r azobi " deyilgan so'z
Xuddi bizning xolimizga aytilgandek

Balki yo'lga degan pulni yeb ketishgan
Yo'lni keyin quramizda deb ketishgan
" Xo'ja ko'rsin " qilib bir bor kep ketishgan
O'zlaricha ishin qoyil qip ketishgan

Ular boshi xaqiqatga uriladi
Ishlaridan qamoq tomon quviladi
Savxozliklar adashmasam tez orada
Bizlarga ham tekkis yo'llar quyiladi

Sherim o'qib balki eti jimirlashar
Yuzi borlar joylaridan qimirlashar
Tushinsalar Javohirning yozganiga
Yo'lga qo'shib maktabni ham tamirlashar !!!

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 32 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ