Shudir bizga tekkani

Har insoning risqi shu
Hirmon bo'lar ekkani
Ustimiz but , qorin to'q
Shudir bizga tekkani

Baxtimiz ham bot - botdir
Dard yetarli chekkani
Cho'ntak yarim , yurak lim
Shudir bizga tekkani

Omadi bor odammiz
Quvonch dildan tepkani
To'kinligu tinch xayot
Shudir bizga tekkani

Sakkiz ulfat , ming tanish
Dushman qo'rqar turtkani
Mingta xizmat , mingta ish
Shudir bizga tekkani

G'urur osmon , or osmon
Alam nega chertkani
Bir yaxshimiz bir yomon
Shudir bizga tekkani

Kim bo'lsa ham hayotta
Bosib olsin o'pkani
Bu dunyo sinov halos
Shudir bizga tekkani

Shoir uchun maqsad shu
Gap manzilga yetkani
Olloh bergan istedod
Shudir bizga tekkani !!!

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 31 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ