Unutibman...

Qo'limga tushsa dunyo, Saxovatni unutibman.
Qo'limdan ketsa dunyo, Qanoatni unutibman.
Yaxshilik qilmay ba’zan, Oqibatni unutibman.
Boylikni quvib har dam, Ibodatni unutibman.

Aldanib shaytonlarga, Qiyomatni unutibman,
Ishonib bid'atlarga Muslimlikni unutibman.
Ko'rib go'zal yuzlarni, Or hayoni unutibman.
O'yin bilib muhabbatni, Sadoqatni unutibman.

Ruju’ qo'yib mol dunyoga, Xalovatni unutibman.
Ishonmay chin so'zlarga, Haqiqatni unutibman.
Unutibman bu dunyoga, Mezbon emas mehmonligim.
Unutibman yashab shuncha, Ollohimga bandaligim!!!
Muallif: Panjiboy Abirov

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 88 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ