Xulosa... (Ibratli va Hikmatli she'r)

Ko`zlаrimni ochdim,
Manzara ajib...
Falakka qo`yilgan narvonlar - qator,
Olomon boryapti bir-birin yanchib,
Manzilga eltguvchi yo`llar ancha tor.

Bir kimsa quladi narvon boshidan
Bilmayman, osmonda unga nima bor...
Bu hayot saxnasi - beshavfqat o`yin
Kim pulga, kim gulga, kim mexrga zor.

Ulg`aydim...
Kimningdir kõzin yoshiga
Kimnidir chanqog`i qonganin ko`rdim.
Kimningdir uyini isitmoq uchun
Kimnidir ko`mirdek yonganin ko`rdim.

Vo ajab, bu ne xol? axli musulmon,
Amalga buncha o`ch ? bandai nodon..
Qalb uyi vayrona, dunyosiga qul
Farzandni otadan tonganin ko`rdim.

Izladim
dunyodan asl moxiyat
Ming bir so`rog`imga bittadir javob,
Mol-dunyo,do`st-u yor, shon-shuxrat, qudrat
Barchasi - o`tkinchi, barchasi - sarob...

Termulib tobutning ortidan asta
Bir hikmat o`qiyman, izlarim - xasta,
Dunyosi - bevafo... Vafodor mangu -
bir umr yig`ilgan gunoh va savob.

Angladim...
Tiriklik- OLLOHdan ne`mat
to o`lim sharbatin totgunga qadar,
Nafs - shohdir, ko`zlar och
toki jonsiz tan -
tuproqqa tuproqdek yotgunga qadar.

Shoshiling, men kabi yumuq ko`zlilar,
Nafsining kuyida yolg`on so`zlilar
Ulgurib qolaylik bilmoqqa HAQni
to umr quyoshi botgunga qadar..!
Shoshiling..!

Категория: SMS XIKMATLI IBRATLI / СМС ХИКМАТЛИ ИБРАТЛИ 2018 | Просмотров: 30 | Добавил: Admin | Теги: ibratli sherlar
«Betakror.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться

АВТОРИЗАЦИЯ НА САЙТЕ