prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Millionerlik cho'qqisiga birga chiqamiz


Joylandi: 10.12.2019, 14:30
Agar sizga bugun pul kerak bo‘lmasa , nimaga menga berib turmaysiz ? Balki ertaga ham ular sizga kerak bo‘lmas . Kim biladi , siz ertaga balki millioner bo‘lib qolarsiz .

Aksari odamlar so‘rashdan qo‘rqishadi , jazm etganlarida esa shijoat yetishmaydi . Bu ulkan xatodir .

Bir xil odamlar hech qanday sirga ishonmaydilar . Ular boy bo‘lishlariga ishonmaydilar. Va ular to‘g‘ri qiladilar . Chunki omad , unga ishonganlargagina kulib boqadi . Shunday harakat qilignki , o‘z kuchingizga ishonch , so‘ng maqsadga yetish uchun kuchli istak bo‘lsin .

Politsiyachilar uyni tintib allaqanday maktubni qidirishadi , butun uyni ostin – ustun qilib uni topa olishmaydi , chunki maktubni hech kim yashirib qo‘ymagan , u eng ko‘rinarli joyda turgan edi .

Agar inson har tomonlama mos sharoitlarni kutib yashasa , u hech qachon hech narsa qila olmaydi . Harakatlanish uchun ideal vaqt – hozir ! Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun inson boshqa tanlash imkoniyati yo’qligini , devorga borib tiralganini sezishi lozim. Agar sen ikkilansang , unim yo’q , bunim yo’q , deb tavakkal qilishni istamasang , hech narsaga erisha olmaysan .

Hamma buyuk narsalar – oddiylikdadir ! (Motsart) .

Agar siz qayoqqa ketayotganligingizni bilmasangiz , hech qaerga bora olmaysiz .

Agar hayot senga ushoqlar bersa , ajablanma , oxir oqibatda buni o‘zing so‘ragansan .

O’z talablaringni to‘g‘ri ifodalay olishni eplash kerak . Birinchi navbatta , ular mutlaqo aniq bo‘lishi shart !

Hayot undan nima kutayotganingni bilishni istaydi . Agar hech narsa so‘ramasang , hech narsa ololmaysan .

Hayotimiz - biz uni qanday tasavvur etsak , huddi shunday .

Xarakter - taqdir bilan barobar . (Geraklit) .

Istak - bizning fikrlarimizni qo‘llovchi va yo’naltiruvchi hisoblanadi . Istagingiz qancha kuchli bo‘lsa , istayotgan narsangiz hayotingizda shu qadar tez paydo bo‘ladi .

Kuchli istak – kerakli omil , lekin yetarli emas . Sizga nima yetishmaydi , bu - ishonch ! Siz millioner bo‘lishingizga ishonishga majbursiz !

Ishonchni paydo qilishning yagona yo’li - so‘zlarni takrorlash . So‘zlar , bizning ichki va tashqi hayotimizda ulkan kuchga ega . So‘zlar ulkan kuchga ega , buni unutmang .

Tajriba – nazriyaga qaraganda ancha yaxshi o‘qituvchi . Gyote shunday degan : ”Nazriya mening do‘stim , hayot daraxti esa abadiy yashildir ".

Har qanday vaziyatda muammolar sizni chalg‘itishiga yo’l bermang .

Sizni uzun , og‘ir yo’l kutmoqda , ko‘nikmalarga ega bo‘lguningizga qadar hech qachon ortga chekinmang , shunda sizga so‘z beramanki , natija sizning qanchalik kuch sarflashingizga yarasha bo‘ladi .

Hayot ajoyib ochilib turgan bog‘ bo‘lishi mumkin yoki yerdagi do‘zax . Hamma narsa sizning fikrlash doirangizga bog‘liq .

Yodda tuting : tahdid sizga emas , boshqa birovga qaratilgan . Agar istasangiz , muammolar sizga emas , boshqa birovga qaratiladi .

Hayot , bu - ichki dunyomizning ko‘zgudagi aksidan boshqa hech narsa emas .

Aynan ishonch – har qanday muvaffaqiyatning buyuk siri sanaladi . Agar u yoki bu maqsadga erishishingizga ishona olsangiz , siz bu qobilyatga ega bo‘lasiz ham .

Ichki hissiyot qanchalik kuchli bo‘lmasin , u haqiqatni yolg‘ondan ajrata ololmaydi .

Ba’zilar o‘z-o‘ziga tinmasdan , omadsizlar oilasida dunyoga kelganligim uchun yoki bir nech muvaffaqiyatsizliklarga duchor bo‘lganim uchun hech qachon yuksklikka erisha olmayman , deb takrorlashadi . Bu insonlarning ketma – ket omadsizlikka uchrashlariga sabab – ularda muvaffaqiyat uchun yetarli darajadagi sifat yo’qligi emas , balki ongsiz ravishda o‘zlarini omadsiz qilib tasvirlayotganlaridir .

Fisher Mark

G'anisher Shodiyev Tayyorladi
Ushbu "Millionerlik cho'qqisiga birga chiqamiz" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 23 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar