prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Nega millionerlar har bir tangani qadrlaydi?

Joylandi: 10.12.2019, 14:47
Britaniyalik jurnalist Jonatan Margolis tangalarning qadri va zamonaviy dunyoda kimlar ulardan voz kechishga tayyor emasligi haqida fikr yuritadi. Bu haqda «InsiderPro»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

Tangalarning qiymati qancha turadi? Tom ma’noda emas, misol uchun, Britaniya funti 1,3 dollarga teng. Biroq ular vaqt va mehnat ahamiyati nuqtai nazaridan qancha turadi?

Onlayn xaridlar, aloqasiz to‘lovlar va kriptovalyutalar zamonida tangalar zamonaviy hayotning eng qadimiy va tarixiy elementlardan biri hisoblanadi.

O‘tgan hafta supermarketda o‘tkazgan noodatiy 15 daqiqa bir funtlik tanga (dunyodagi eng qimmat tangalardan biri) haqida qayg‘urish kerak-kerak emasligi borasida o‘ylanishga majbur qildi.

Britaniyaning aksariyat do‘konlaridagi aravachalar maxsus qulflar bilan jihozlangan — ulardan foydalanish uchun maxsus joyga bir funtlik tanga joylash lozim (aravachani ortga qaytargandan so‘ng, uni qaytarib olish mumkin). Qulflarni ishlab chiqaruvchilar bu tizim tashrif buyuruvchilarni aravachalarni qaytarishga rag‘batlantirishiga ishontiradi. Umuman olganda, bu muhim emas.

Mening funtim ana shunday aravacha qulfiga tiqilib qoldi. 30 soniya davomida uni olishga natijasiz urindim, shundan so‘ng do‘kon xodimidan yordam berishini so‘radim. Biroq bularning bari natijasiz bo‘ldi. O‘zimni axmoqdek his qildim — tangani qaytarish uchun vaqt va kuch sarflash mantiqsizlik edi. Biroq prinsipimdan kelib chiqib, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildim.

Bu aqlli qaror edimi? Bu savolni farzandlarimga berdim. Kattasi (35 yosh) bir daqiqa ham kutmasligini aytdi. Kichigi (28 yosh) qancha vaqt talab qilinsa ham, tanganing qaytarilishiga erishishini ma’lum qildi va bunga aynan o‘sha prinsipni sabab qilib ko‘rsatdi.

Savolim ochiqligicha qoldi, shuning uchun odatda jurnalistlar yo‘l tutadigandek, o‘zimga tanish ikki millionerga qo‘ng‘iroq qildim va ular mening o‘rnimda bo‘lganda nima qilishini so‘radim.

Birinchi «qurbon» kiyim ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya Ted Baker sohibi va bosh direktori Rey Kelvin bo‘ldi. Uning boyligi 468 million funtga baholanadi. U savolimga quyidagicha javob qaytardi:

«Hech narsaga qaramasdan, tangani qaytarishlarini kutgan bo‘lardim. Bu qisman madaniyat masalasi — men shunday ulg‘aydim va shunday tarbiya oldim. Biroq bu mas’uliyat va hisob-kitob masalasi ham. Tizim ishlashi kerak va do‘kon uning faoliyatidagi har qanday uzilishlardan xabardor bo‘lishi lozim».

Hamyonida tangalar olib yurish-yurmasligi va do‘konda qaytimini kutish-kutmasligi haqidagi savolimga Kelvin «ha» va «albatta» deb javob qaytardi. Boshqacha aytganda, Ted Baker bosh direktori har bir funt qadrli degan fikrdagi muvaffaqiyatli insonlar vakili edi.

Shundan so‘ng sog‘lomlashtiruvchi markazlar tarmog‘i va bir qator asarlar, jumladan, «Pullar bilan aqlli ish tutish yo‘llari» (How To Be Smart With Your Money) kitobi muallifi Dunkan Bannataynga qo‘ng‘iroq qildim. Uning boyligi 225 million funtga baholanadi. Bannatayn quyidagicha javob qaytardi:

«Tangani aravachada qoldirgan bo‘lardim. Uni qaytarish uchun sarflangan vaqt shunga arzimaydi. Shunga qaramasdan, mashinamda doim avtomobillar to‘xtash joyiga to‘lash uchun tangalar bo‘ladi va do‘konda qaytim berishlarini aniq kutgan bo‘lardim».

Yana aniq javob yo‘q.

Boshqa yo‘ldan borishga qaror qildim va Londonning Attest startapiga minglab britaniyaliklar orasida onlayn-so‘rovnoma buyurtma qildim.

Natijalar kishilarning aksariyati bir funtlik tangani unchalik yuqori qadrlamasligini ko‘rsatdi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 75 foizi uni qaytarish uchun besh daqiqadan kam vaqt sarflashini ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning atigi 17 foizi qancha vaqt talab qilinsa, shuncha kutishga rozi bo‘ldi.

O‘rtacha daromadga ega (yiliga 45—200 ming funt) so‘rovnoma ishtirokchilari funtni qaytarish uchun bir daqiqadan kam vaqt sarflashga tayyor ekanligi hayratlanarli emas.

Tangalar bilan bog‘liq mantiq doirasidan chetga chiquvchi murakkab hissiy aloqa mavjud. U tangalarni aqchadonga tashlagan vaqtlardan boshlangan. G‘alati tasodif tufayli birinchi va eng mashhur kriptovalyuta bitkoin deb nomlanadi (bitcoin, inglizchadan coin — «tanga»). Bundan tashqari, internet va televideniyeda u aynan tangalar ko‘rinishida tasvirlanadi.

Funtning avvalgi kursini hisobga olganda — katta avlod u 5 dollar qiymatga ega bo‘lgan davrlarni yaxshi eslaydi — shu sababdan keksa kishilar tangaga ko‘proq bog‘lanishni his qiladi. Joriy yilda u yangicha bezatildi va uning diametri biroz kattalashdi. Shuningdek, mayda tangalarni daromadi past bo‘lgan odamlar ko‘proq qadrlashi ham ravshan.

Biroq tangalarning kuni ehtimol sanoqlidir (shu jumladan, banknotalarning ham). Romantika va tarixiy qadr-qimmat yo‘qoldi. Buyuk Britaniya hisob-kitobning o‘nli sistemasiga o‘tgunga qadar yoshi 100 yildan ortiq funtlar, shillinglar va penslar tez-tez uchrab turardi. Har bir kishi beixtiyor bu tangalar o‘z asrida nimalarni ko‘rganligi haqida o‘yga tolar edi. Endi esa ular katta ahamiyatga ega bo‘lmagan shunchaki metall bo‘lakchalaridir.
Ushbu "Nega millionerlar har bir tangani qadrlaydi?" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 17 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 10
Mehmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar