prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

O‘z sohasida peshqadam erkak nimalarga e’tibor berishi kerak?

Joylandi: 10.12.2019, 14:30
Joriy yilda sotuvga chiqqan Rossiyaning mashhur marketologi, «Mann, Ivanov va Ferber» nashriyotining asoschilaridan biri Igor Manning «1-raqamli. Qanday qilib ishingizda eng yaxshi bo‘lish» asarida erkak kishi o‘z sohasida birinchi raqamli bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak, qanday sifatlarni o‘zida shakllantirishi kerak hamda nimalar qilishi kerakligi haqida aniq tizimli maslahatlarini bergan.

Biz ham mazkur kitobni o‘qib chiqib, erkaklarning o‘z sohasida, o‘z muxatassisligida birinchi raqamli bo‘lishi uchun ko‘rinishi jihatidan ham ko‘p narsalarga e’tibor berishi kerakligi va chiroyli bo‘lib yurishi muhimligi ta’kidlanganligini ko’rdik va maqolamizda biz erkaklar asosan kiyimimiz va jihozlarimizni tanlashda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi haqida yozishga harakat qildik.

Yaxshi ko‘rinishingiz va chiroyli yurishingiz uchun nimalar muhim?

Kiyimingiz
Oyoq kiyimingiz
Aksessuarlar
soat
vizitka solgich
qopchiq
bloknot
ruchka
ko‘zoynak
portfel
mashina
Hidingiz
Jismoniy shaklingiz
Yuzingiz


Kiyinish
well-dressed

Demak, yaxshi kiyinish ham bir qobiliyat hisoblanadi. Donald Tramp aytganidek: «Shunday kiyiningki, kiyimlaringiz hozirgi holatingizni emas, siz kelajakda kim bo‘lishingizni anglatib tursin». Doim kamroq bo‘lsa ham kiyim javoningizga sarmoya kiritib turing, kiyimlaringizni yangilab va yaxshilab turing.

Iloji boricha imijingizga maslahatini ayamaydigan insonlar bilan do‘stlashing. Agar ayolingiz bu borada sizga kiyim javoningizni yangilab turishga ko‘makchi bo‘ladigan bo‘lsa, unda siz baxtli erkaklardan birisiz

Kelishgan va chiroyli kiyimlar aslida «qimmat brendlar» sinonimi emas. Lekin ba’zan brendli kiyimlardan xarid qilib turish hamyoningizga zarar qilmasa, boshqa narsada faqat foyda.

Hattoki, tikuvchiga kiyimlaringizni tiktirib yurish brendli kiyimlar kiyishdan ko‘ra obruliroq hisoblanadi. Sizning tananingiz endi standard qoliplarga emas, aksincha, kiyimingiz sizning tanangizga moslab tikiladi.

Oyoq kiyim
mqT4sDF0WQwJcri8fQ9m2fw

Oyoq kiyimingiz esa doim toza turishiga jiddiy e’tibor berib yuring. Hattoki, paypoq tanlashdayam rangi va sifatiga alohida e’tibor bering. Rossiyaning birinchi raqamli marketologi Igor Mann yevropaning MBT va Swissies oyoq kiyimlar brendini maslahat beradi. Ayniqsa, MBT oyoq kiyimlari oyoqlaringiz uchun kichik trenajyor desa ham bo‘ladi.

Soat va brasletlar
b28ac1c91aaf86b77f6a4a7cec04379f

Soat ishlab chiqaruvchilarning maslahatiga ko‘ra, har bir erkakda kamida 6 ta soat bo‘lishi kerak. Eng qimmat soatingiz esa uch oylik maoshingizga teng bo‘lishi kerak deb hisoblashadi.

Bundan tashqari, maxsus brasletlar ham xarid qilishingiz zarar qilmaydi. Masalan, Nikekompaniyasining Nike FuelBand brasleti ham soat vazifasini, ham qancha masofa yurdingiz, qancha kaloriya sarfladingiz va hokazo sog‘ligingiz bilan bog‘liq ba’zi ma’lumotlarni to‘playdi.

Vizitka solgich
biz card holder new pic

Har bir erkak kishi albatta o‘z vizitkasiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun vizitka solgichga ega bo‘lish jiddiy tavsiya etiladi. Iloji boricha o‘zingizning vizitkalaringiz va boshqalardan olgan vizitkalaringiz aralashib ketmasligi kerak. Boshqalardan oladigan vizitkalar uchun ham alohida vizitka solgich yoki ikki yo undan ko‘p cho‘ntaklisidan tanlaganingiz maqbul.

Qopchiq
24671-1_l

Qopchiq tanlashda asosan hajmiga, ya’ni ozgina pul hamda kartochkalaringizni solishingiz bilan qappayib ketmasligiga e’tibor bering.

Bloknot
moleskin_web

Yozuv-chuzivlar uchun bloknot olmoqchi bo‘lsangiz, Moleskin yoki nota.bene brendlarini tavsiya etamiz. Eng asosiysi, jiddiy uchrashuvlarda doim qo‘lingizda bo‘lishi va tez yirtilib ketmasligi kerak.

Ruchka
images

Har bir erkak kishi albatta ruchka bilan yurishi kerak. Amerikaliklarning nazdida o‘tkir xotiradan ko‘ra, o‘tmas qalam afzal hisoblanadi. Ruchka judayam arzon bo‘lmasligi kerak. Asosiysi, yaxshi yozsin va ko‘rinishidan jiddiy bo‘lsa bo‘ldi.

Telefon
maxresdefault

Telefon masalasiga kelsak, hozirgi kunda har qanday biznesda muvaffaqiyatga erishgan erkakda albatta iPhone qurilmasi bor. Lekin bu bilan boshqa modellarni kamsitmoqchi emasmiz. Asosiysi, telefon tanlashda sizga kerakli vazifani bajara olsin. Telefon tutishda ham jiddiy e’tibor beradigan jihatlardan bu telefon «choponi» (chexoli), telefoningizga o‘rnatilgan musiqa va har joyda, ayniqsa uchrashuvlarda telefon tutish odobiga e’tibor bering.

Siz uchun eng yaxshisi, telefoningizga chaqiruv musiqasini o‘rniga vibratsiya chaqiruvini yoqib qo‘yganingiz ma’qul. Shunda siz atrofdagilaringizga halaqit ham bermaysiz, ham hammani o‘zingizga jalb etmaysiz. Yaponlarning etiketiga ko‘ra, ovqatlanayotganda va uchrashuvlarda stol ustiga telefoningizni chiqarib qo‘yishingiz odobsizlik hisoblanadi.

Portfel
2012-fashion-men-shoulder-bag-men-genuine-leather-PU-messenger-bag-business-bag-free-shipping-wholesale

Portfel yoki sumka tanlashda asosan sizga qulayini tanlang. Yengil va ichida cho‘ntaklari ko‘p bo‘lishiga e’tibor bering.

Jorj Kluni ishtirokidagi «Samoda» («Up in the Air») filmidagi portfellarga e’tibor bering va yoqsa ular Tumi brendiga tegishli.

Avtomobil
2014-chevrolet-malibu-model-overview-exterior-cnt-well-1-648x316-06

Avtomobilingizga ham alohida e’tibor bering. Mashinangiz ozodaligiga va ehtiyot qismlariga doim g‘amxo‘rlik qilib yuring.

Atirlar
cologne-perfume-man-scent-spray

Hidingizga ham alohida e’tibor bering. Neytral va jalb qilmaydigan yoki yoqimli hid taratadigan atirlar xarid qiling.

Sog’lom / chiniqqan tana
the-six-pack-challenge

Kelishgan jismoniy tana ham muvaffaqiyatingiz garovidir. Birinchidan, sog‘lom tanda sog‘lom aql. Ikkinchidan, boshqalarda ishonch uyg‘otishga yordam beradi. Inson o‘z nafsi va yalqovligini yenga olgan kishiga boshqalar ham ishona oladi. Shu narsani doim yodda tuting.

Yuz parvarishi
20294_man-washing-face

Yuzingizga doim parvarish berib yuring. Sochlaringiz va soqollaringizga ham har kuni e’tibor qarating.
Ushbu "O‘z sohasida peshqadam erkak nimalarga e’tibor berishi kerak?" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar