prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Qanday qilib savdoni oshirish mumkin?

Joylandi: 10.12.2019, 14:47
Savdoni oshirib, biznesingizga foyda keltiruvchi tavsiyalar bilan tanishing.

Buyum emas mahsulotingizning foydasini soting
“Kishilar buyumni narsaning o‘zi uchun emas, balki o‘sha buyum beradigan oqibat uchun sotib olishadi”

Den Kennedi

Ko‘pchilik marketingdagi teshik va burg‘ulash haqida hikoyani bilishadi. Qachonki, kishilar burg‘ulash asbobini sotib olsalar, ularga asbobni o‘zi emas, u yordamida devorda qilinadigan teshik kerak bo‘ladi. Aynan natija, qurilmaning o‘zi emas.

Logorifmiz chizg‘ich va hisob cho‘tlari bo‘lganini eslaysizmi? Kalkulyatorlar chiqishi bilan ular bozordan yo‘qoldi. Kishilarga aslida chizg‘ich va cho‘tlar emas tez hisoblash vositasi kerak edi.

Virgin Airlines kompaniyasi aviareyslarni emas, A punktdan B punktga yetib borishning qulay usulini reklama qilib bozorni egalladi. Muvaffaqiyatli yuridik kompaniyalar yuridik maslahat bermaydilar – ular osoyishtalikni sotadilar. Qo‘riqlov xizmati vakillari himoyalanganlik hissi va xavfsizlikni taqdim etadilar.

Fikrlardan foydalaning
Sizning mamnun mijozlaringiz fikri har qanday reklamani oshiradi. Kishilar boshqa inson tomonidan aytilgan fikrga siz million marta aytayotganingizdan ko‘ra ko‘proq ishonadilar.

Disney: “O‘z yo‘nalishingda muvaffaqiyatli bo‘lishning eng yaxshi usuli bu kishilar bir-birlariga siz haqingizda to‘xtovsiz gapirishlariga erishishdir”.

Den Kennedi: “Siz haqingizda boshqalar gapirishi ommada siz o‘zingiz gapirganingizdan ko‘ra 1000 barobar kuchliroq ta’sir qiladi”.

Fikrlar – ishonchga erishishning eng tezkor usullaridan biri. Ularning asosiy maqsadi – mijozlarning shubhalariga chek qo‘yish. Eng samarali fikrlar rasmi bilan birga bo‘lganidir.

Kafolat bering
Agar siz o‘z mahsulotingizga 100 foiz kafolat bermasangiz, demak siz o‘zingiz ham unga 100 foiz ishonmaysiz. Qanday qilib ko‘plab mijozlarning ishonchiga kirish mumkin, qachonki bunga o‘zingiz ham ishonmasangiz.

Ko‘p hollarda kafolat savdoni oshiradi. Albatta, eng yaxshi kafolat pulni to‘liq qaytarib berishdir. Ba’zi hollarda kompaniyalar mijoz xaridga sarflaganidan ham ortiqroq pulni qaytarib berishga tayyorligini bildirishadi.

Albatta, sizda kafolatdan foydalanib mahsulotni qaytarib beradigan mijozlar ham topiladi, lekin bu kafolat ortidan biznesingiz anchayin rivojlanadi. Moneyback (pulni qaytarish)ni imkoni bo‘lmaydigan jarayonlar ham bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish sizning kafolatingiz bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Biznesingizda qanday kafolatlar bilan mijozlarni jalb etish mumkinligi haqida o‘ylang
Ushbu "Qanday qilib savdoni oshirish mumkin?" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 4
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 1
rosemaryfv69
Umumiy ma'lumotlar