prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Qashshoqlikning 7 asosiy sababi

Joylandi: 10.12.2019, 14:47
Oxiri ko‘rinmas kreditlar, rejadan tashqari xarajatlar, yo‘qotishlar, sovg‘alar... Bunday yashash joningizga tegmadimi? Trendymen hamyonni bo‘shatuvchi yetti asosiy sababni keltirdi. Ulardan hech bo‘lmaganda ikkitasini to‘g‘rilashga harakat qiling - ehtimol mutlaqo yangi hayotiy darajaga erisharsiz.

Shaxsiy byudjet
Қашшоқликнинг 7 асосий сабаби
Bir o‘ylab ko‘ring - pullaringizni nimalarga sarflayapsiz? Bu ham kam. Tinch muhitda o‘tirib, so‘nggi haftadagi barcha xarajatlaringizni birma-bir yozib chiqing. Endi fikrlang: xaridlar zarurat yuzasidan amalga oshirilganmi yoki yo‘q? Ba’zi mahsulotlarda iqtisod qilishning iloji bormidi? Aniq byudjet rejasining yo‘qligi - iqtisodiy farovonlik kemangizdagi asosiy "nosozlik"dir. Hech bo‘lmaganda, bir oylik shaxsiy byudjetni shakllantirishni o‘rganmas ekansiz, moliyaviy jihatdan hech qanday yangilik kutmasangiz ham bo‘ladi.

Iqtisodiy savodsizlik

Yer aholisining aksariyati - iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tugallagan odamlar asosiy iqtisodiy shart-sharoitlarni tushunmaslikni oddiy hol deb bilishadi. Buni faqat bir yo‘l bilan to‘g‘rilash mumkin: atrofda nimalar ro‘y berayotganiga qiziqish bildiring, qanday qilib neft narxi - valyuta kursiga, bu esa sizning hayotingizga ta’sir qilishini tushunishga harakat qiling. Qarabsizki, pullar qayerdan kelishi haqida tasavvur hosil qilasiz.

Moliyaviy befarqlik

Ko‘pchilik mo‘may daromad topish istiqbollari yomonlashib borayotganini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘la boshlaydi. Pul yig‘ishni rejalashtirish va mablag‘larni qanday taqsimlash maqsadga muvofiq bo‘lishini tushunib yetish o‘rniga maoshni kutib, pul to‘plash uchun harakat qilishni ham xohlashmaydi. Moliyaviy befarqlik depressiyaning qandaydir iqtisodiy variatsiyasiga aylanishi mumkin. Unisini ham, bunisini ham muhim maqsadlar sari yo‘naltirib, maksimal sa’y-harakatlar bilan yengib o‘tish mumkin.

Pul asosiysi emas

Pul asosiysi emas, ular sizni baxtli qilmaydi. Bu so‘zlarga qo‘shilasizmi? Afsuski, ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi. Albatta, asosiysi pul emas. O‘z oilangizga qulay sharoitlar yaratish uchun pulingiz yo‘q bo‘lsa ham yaxshi... Asosiysi - siz birgasiz. Shunday emasmi? Yodingizda bo‘lsin, pullar farovon hayotning asosi bo‘lishi mumkinligini anglab yetmaguningizga qadar - boyishning uddasidan chiqa olmaysiz.

Kimdir bundan-da og‘ir ahvolda

Qashshoq reallikdan qochishning yana bir keng tarqalgan usuli. Tanishingizdan ko‘proq pul topishingizni anglab yetishingiz sizni boyroq qilib qo‘ymaydi. Shunchaki, yupatadi va bir joyda qotib qolishingizga sabab bo‘ladi. Bu taxminan "Hechqisi yo‘q, Afrikada bolalar umuman och-nahor!" deb o‘ylashdek gap.

Shunchaki dangasalik

Soat to‘qqizdan oltigacha ishlash qiyinmi? Aslida inson bundan-da ko‘p ishlay oladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tushlikka qancha vaqt sarflaysiz? Necha soat aniq ishdagi faoliyatingizga yo‘naltiriladi? Oradagi internetni varaqlashni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. O‘zingizni ayashni bas qiling. Yaxshi pul topmoqchimisiz - ko‘proq ishlang.

Boshqalarni ayblash

Bizning nochor yashashimizda boshqa odamlar aybdor emasligini aniq tushunib yetish - intellekt darajasiga ishora qiladi. Boshqalarga umid qilavermay, pul haqida o‘zingiz qayg‘uring.
Ushbu "Qashshoqlikning 7 asosiy sababi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 20 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar