prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Tiklab qo'ydi kal boboning sha'nini (Dollar haqida hazil she'r)

Joylandi: 10.12.2019, 14:30
Abdulhay Karimovning «Tӯybola» qӯshig'iga parodiya

Odamlarni eshak qilar, ot qilar,
Qora bozorni yomon desang, dod qilar.
Qimmatlikda rublni ham mot qilar,
Toychoq bo'lib, “chopib” yurgan dollar bola!

Yaxshi ko'rib o'ynagani sum bo'lar,
Pulning ini—banklarda bir zum bo'lar…
Tug'ilibon qaylargadir gum bo'lar,
Sakkiz mingni “oshib” yurgan dollar bola!

Yaxshi ko'rar ammalaru xolalar,
Tanir xatto uchga kirgan bolalar.
Qaylardadir “ko'kat” topar tog'alar—
Kambag'aldan “qochib” yurgan dollar bola!

Yarashadi ustimizdan kulsa ham,
Erdan yiroq, “osmonlar”da tursa ham.
Uyat bo'lmas, o'n minglikni “ursa” ham,
Erkalikni “chochib” yurgan dollar bola…

Dadalarning armonlarin o'ldirar,
Ayalarning sandiqlarin to'ldirar.
“O'rtoqlar”in inflyatsiyaga to'ydirar,
Problemani “echib” yurgan dollar bola…

Katta bo'ldi, o'zi topar “noni”ni,
Qora bozorga fido qilar “joni”ni…
Tiklab qo'ydi “kal bobo”ning sha'nini,
“Koinot”da “uchib” yurgan dollar bola…
Ushbu "Tiklab qo'ydi kal boboning sha'nini (Dollar haqida hazil she'r)" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 17 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar