prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

82 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlikdan baxtli oilaviy turmush sirlari

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Bir odam bilan uzoq yil birga umr ko'rish har doim ham oson ish bo'lavermaydi. Aynan shuning uchun muhabbat va totuvlikda bir umr birga yashagan juftliklar har doim ilhomlantiradi. AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Nikolas va Rafaela Ordazning oilasida romantika asosiy o'rinni yegallaydi. Bu juftlik yaqinda turmush qurganining 82 yilligini nishonladi. Qariya Nikolas bir necha kun avval 102 yoshni, uning rafiqasi Rafaela yesa 2015 yilning oktyabrida 100 yoshini qarshiladi. "Ularning ota-onalari ham birga uzoq yillar davomida umrguzaronlik qilishgan. Bizning oila umuman ajrim nima yekanligini bilmaydi. Oilaviy qadriyatlarni tarbiyalash madaniyatning juda muhim qismi hisoblanadi", deb aytmoqda juftlikning ko'p sonli nabiralaridan biri Letitsiya Ordaz. Qariyalar turmush qurganining 82 yilligini nishonlash uchun ularning 5 avlod zurriyotlari yig'ildi. Biroq bu g'ala-g'ovurda ham sevishganlar bir-biridan ko'zlarini uza olmadilar. "Ular hamon bir-birlarini aql ozgudek sevadilar. Buni sezmaslik qiyin. Ular birga tushgan barcha fotosuratlarda qo'llarini ushlab yoki bir-birlaridan pinhona bo'sa olmoqchidek alfozda suratga tushishgan. Tantanani nishonlash paytida bobom buvimni bexosdan quchoqlab olib, "Rafaela, kel shu ondayoq yotoqqa boraylik!", deb baland ovozda gapirdi. Albatta, buni barchamiz yeshitdik va kulib yubordik. U buni aytganda hattoki qizarmadi ham. Bobom, dunyodagi yeng ajoyib ayolga uylanganini va buvim hozirda ham unga yoshligidagidek ihtirosli yekanligini aytdi", deb davom yettirmoqda o'z so'zlarini ularning nabiralari. Albatta, uzoq davom yetuvchi munosabatlar nafaqat ihtiroslarga quriladi. Juftlikning aytishicha, ular bir-birlarini doimo hurmat qilganlari va turmush ikir-chikirlariga ye'tibor bermaslikka harakat qilganlari sababli buncha ko'p vaqt baxtli turmushda yashaganlar. "Ular bir-birlari haqida qayg'uradilar. Tantana paytida bobom buvimga tort tekkan-tekmaganini sinchkovlik bilan kuzatdi. Vaholanki, buvimda qand kasalligi bor va unga umuman tort yeyish mumkin yemas. Bobom shunchaki buvim bilan bu onlarni birga baham ko'rmoqchi bo'ldi", deb o'z bobo-buvisi bilan faxrlanib gapirmoqda ularning nabiralari. 39 yoshli Letitsiya Ordazning o'zi ham 10 yildan beri baxtli oilaviy turmush bilan yashab kelmoqda. Uning aytishicha, bobo-buvisi unga hayotda ko'p narsani o'rgatgan
Ushbu "82 yil birga umrguzaronlik qilgan juftlikdan baxtli oilaviy turmush sirlari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 47 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 10
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 3
estellalg3, jesusvr4, claudedi4
Umumiy ma'lumotlar