prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Bolaga o‘qishni qanday o‘rgatish mumkin?

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasdan kitob o‘qishga o‘rgatish juda muhim hisoblanadi.

Kitob o‘qish madaniyati va an’analari bo‘lgan oilada bolalarning o‘zlari kitobga talpinadi. Faqat foydali bo‘lgani uchun emas, balki sizga aynan huzur bag‘ishlagani uchun o‘qing.

Birgalikda o‘qing va muhokama qiling

Siz ovoz chiqarib o‘qing, keyin esa bola bilan birgalikda rasmlarni tomosha qiling: “Bu yerda nima chizilgan? Mushukning quloqlarini ko‘rsat-chi? Uning yonida nima turibdi?”. Kattaroq bolalarga qiyinroq savollar berishingiz mumkin: “U nima uchun shunday qildi? Sen nima deb o‘ylaysan, keyin nima bo‘ladi?”.

Osonidan qiyiniga qarab boring

Tovushlardan boshlang, keyin bo‘g‘inlarga o‘ting. Takrorlanadigan bo‘g‘inlardan tuzilgan so‘zlar birinchi so‘zlar bo‘lsin: bo-bo, mo-mo. Ulardan keyin qiyinroq so‘z birikmalariga o‘ting: no-n, to-m, to-g‘.

Harflar hamma joyda borligini ko‘rsating

O‘yin o‘ynang. Bola uyda va ko‘chada o‘zini o‘rab turgan harflarni topsin. Bular do‘konlar nomi, ma’lumotlar stendlaridagi va boshqa yozuvlar bo‘lishi mumkin.

O‘ynang

Va yana o‘ynang. Harfli va bo‘g‘inli kubiklarni birlashtirib so‘zlar tuzing. Boladan do‘kon peshtoqidagi yoki mahsulot o‘ramidagi yozuvlarni o‘qishini iltimos qiling.

Mashg‘ulotlar uchun har qanday imkoniyatlardan foydalaning

Poliklinikada navbatda turibsizmi yoki biror joyga borayapsizmi, rasmli kitoblarni chiqaring va bolaga birga o‘qishni taklif qiling.

Majbur qilmang

Bu eng muhimidir. Farzandingizdan uning bolaligini tortib olmang. O‘rgatish jarayoni majburlash va ko‘z yoshlari orqali bo‘lmasligi kerak.
Ushbu "Bolaga o‘qishni qanday o‘rgatish mumkin?" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 22 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 10
Mehmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 2
jamiefy18, estellalg3
Umumiy ma'lumotlar