prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Ishlab pul topmoqchi bo‘lgan talabaga tavsiyalar

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotib, ishlab pul topishga ehtiyojingiz tug‘ildi, ammo qanday ish topishni bilmayapsizmi? Unda bizning tavsiyalarimizga quloq tuting.

Ish beruvchidan ko‘p narsa talab qilmang.

Yodda tuting, katta maosh va baland lavozimga da’vogarlik qilish uchun hozircha na bilimingiz, na mahoratingiz va na diplomingiz bor. Aynan nima bilan shug‘ullanishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring:

qo‘lingizdan qanday ish keladi?
qanday qobiliyatlaringiz bor?
ishga qancha vaqt ajratishga tayyorsiz?
bu ish sizning kelajakdagi karyerangizga yordam beradimi? va hokazo.
Shubhali va qaltis ishlarga rozi bo‘lmang, masalan, moliyaviy piramidalar, nohalol promouterlik (masalan, sodda pensionerlarga mo‘jizakor dorini aldab sotish), pul evaziga qon topshirish, noqonuniy faoliyat va boshqalar.

Ishlayapman deb, o‘qishni tashlab qo‘ymang

Talaba bo‘la turib, ishlashga qaror qilganingiz yaxshi, albatta, ammo ish bilan birgalikda o‘qishni ham yaxshi olib borish kerak, chunki oliy ta’lim haqida diplom olmasangiz, umringiz oxirigacha reklama varaqalarini tarqatib yuraverishingiz mumkin.

Turli variantlarni ko‘ring

Agar siz stipendiya hamda ota-onangizdan ko‘mak olib turgan bo‘lsangiz, sizga birinchi taklif qilingan og‘ir va yaxshi to‘lanmaydigan ishga rozi bo‘lish kerak emas.

Pul ishlab topishga qat’iy qaror qilgan talabalar ish uchun:

mahalliy bandlik markaziga murojaat qilishi;
gazeta, reklama taxtalari, jamoat transportidagi e’lonlar bo‘yicha qidirishi;
maxsus saytlarni ko‘zdan kechirishi;
o‘z qarindosh va yaqinlari orqali izlashtirishi;
bevosita ish beruvchiga murojaat qilishi mumkin, masalan, yuk ortuvchi va tushiruvchi bo‘lib ishlamoqchi bo‘lsangiz, mahalliy supermarketlarga borib, o‘z xizmatlaringizni taklif qiling.
Internetda qanday ishlash mumkin?

Kompyuter bilan ishlashni bilmaydigan talaba bo‘lmasa kerak. Shunday ekan, ushbu malakangizdan foydalanib, uyingizni tark etmagan holda internetda ham ishlab, pul topishingiz mumkin. Bu internet-portallar uchun maqolalar yozish yoki tarjima qilish, saytlarni boshqarish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Ushbu "Ishlab pul topmoqchi bo‘lgan talabaga tavsiyalar" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 43 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar