prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Sochlarning yaxshi bo‘yalmasligi sabablari

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Ajoyib rangni uchratib qolsangiz, sizda vaqtincha bo‘lsa ham ko‘rinishingizni tubdan o‘zgartirish fikri paydo bo‘ladi. Lekin ba’zan natijasi kutganingizdek bo‘lib chiqmaydi. Sochlaringiz har xil, xira yoki notabiiy rangli sochlarga aylanib qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi va sochlardagi bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?

Boshida sochlaringiz rangi har xil bo‘lgan

Agar sochlaringiz tabiiy rangi ustidan ko‘p marta boshqa ranglarga bo‘yalgan yoki ildizi sezilarli darajada o‘sgan bo‘lsa, yangi bo‘yoq ularning har xil rangini takrorlashi mumkin.

Maslahat: mutaxassisga ishoning va oldingi ishlatgan bo‘yoqlaringiz haqida batafsil ma’lumot bering.

Siz bo‘yashdan oldin sochlaringizni yetarlicha rangsizlantirmagansiz

Agar sochlaringiz yetarlicha rangsizlantirilmagan bo‘lsa, pastel ranglar sochlaringiz rangini xira qilib qo‘yadi. Agar sochlaringiz qoramtir bo‘lsa, istalgan rangga erisholmaysiz. Kerakli tusga ega bo‘lish uchun bo‘yashdan oldin sochlaringizni rangsiz qilishga yaxshilab tayyorlang.

Siz sochning butun uzunligi bo‘yicha bir rangdan foydalangansiz

Sochlarning uchi qanday rangdan foydalansangiz ham yashil tusli mis rangga kiradi. Stilistlar sochlarning uchini biror rang bilan bo‘yashni va so‘ngra o‘ziga o‘xshash rang bilan qaytadan vaqtincha bo‘yashni tavsiya qilishadi.

Siz bo‘yoqni juda uzoq ushlab turgansiz

Siz bo‘yoqni haddan tashqari uzoq tutib turganingiz uchun sochning tub rangi yo‘qolgan. Bu holatni tuzatish uchun rangsizlantiruvchi shampun yordamida bir necha marta yuving.
Ushbu "Sochlarning yaxshi bo‘yalmasligi sabablari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar