prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Sut mahsulotlari haqiqatan ham husnbuzar toshiradimi?

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Teri bilan bog‘liq muammolarga sut mahsulotlarini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish sabab bo‘ladi degan fikrlar mavjud. Haqiqatan ham pishloqni sevish toshmaning sababi bo‘lishi mumkinmi? Haqiqat va yolg‘onlarni muhokama qilib ko‘ramiz.

Husnbuzarlar, ular shuningdek akne ham deyiladi, yallig‘lanish natijasida paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayonlarini sigir suti ham keltirib chiqarishi mumkin. Sutdagi gormonlar organizmdagi testosteron darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa teri teshikchalarini bekitish xossasiga ega bo‘lgan teri yog‘larining ishlab chiqarilishini oshiradi.

Bu sut bilan bog‘liq bo‘lgan yagona muammo emas: u yallig‘lanish chaqarishdan tashqari bakteriyalar ta’sirida paydo bo‘lgan yallig‘lanish holatini ham kuchaytiradi.

Lekin sut mahsulotlarining hammasini toshma toshiruvchilar guruhiga kiritish noto‘g‘ri. Sut va muzqaymoq toshma toshirishi mumkin, lekin yogurt va pishloq teriga bunday ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega emas. Aksincha, yogurt tarkibidagi probiotiklar toshmalarga qarshi kurashishga yordam berishi mumkin.

Hozircha olimlar tomonidan probiotiklarning toshmalarga bunday ta’siri sababi aniqlangani yo‘q, lekin ular o‘zlarining yallig‘lanishga qarshi xususiyati bilan taniqli.

Qanday bo‘lmasin, agar siz sutli mahsulotlardan so‘ng toshma paydo bo‘lganini yoki yallig‘lanishni sezsangiz, ularni iste’mol qilishni kamaytirish tavsiya etiladi.
Ushbu "Sut mahsulotlari haqiqatan ham husnbuzar toshiradimi?" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 27 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 7
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar