prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Suvni takroran qaynatishning zarari

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Suvni qaynatish jarayoni kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarning o‘limiga, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchuvchi birikmalarning parchalanishiga va yo‘qolishiga olib keladi. Lekin bularning hammasi suvni birinchi qaynatishda sodir bo‘ladi, keyingi har bir takroriy qaynatish esa suvning tarkibini yomonlashtiradi va uni xavfli holatga keltiradi.

Takroran qaynatishdan voz kechishga undovchi asosiy sabablar quyidagicha:

Qaynash jarayonida suvning bug‘lanishi natijasida uning hajmi kamayadi. Shuningdek, qaynatish natijasida suvdagi alohida kimyoviy birikmalar yo‘qolmaydi, bu esa ularning suvdagi eritmasining birligi oshishiga olib keladi.

Shunday qilib, suvdagi margimush, nitratlar yoki ftor kabi zararli moddalar eritmasi inson sog‘lig‘i uchun xavfli darajaga yetishi mumkin. Tarkibida bunday moddalar bo‘lgan suvni doimiy ravishda iste’mol qilish saraton kasalliklariga, diabet, teri yoki yurak-tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Kam hajmdagi suv solingan idish devorlaridan organizm sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan birikmalar ajralib chiqishi va suyuqlik ichida erib ketishi mumkin.

Albatta, har xil aralashma ionlaridan xoli bo‘lgan distillangan suvdan foydalanishda suvni bir necha marta qaynatish mumkin.

Lekin odatdagi holatlarda, xlorlangan kran suvidan foydalanishda bir necha qoidalarga rioya qilishga harakat qiling: birinchidan qaynatishdan oldin suvni biroz tindirib oling, ikkinchidan suvni faqat bir marta qaynating. Keyingi ehtiyojlar uchun esa suvni yangisiga almashtiring.
Ushbu "Suvni takroran qaynatishning zarari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 14 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 29
Mehmonlar: 28
Foydalanuvchilar: 1
dimitrovrt
Umumiy ma'lumotlar