prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olamiz

Joylandi: 10.12.2019, 14:29
Xo‘sh, ajinlar paydo bo‘lishini qanday bartaraf qilish mumkin?

Ajinlarga qarshi kurashishda yuz mushaklari uchun mashqlar bajarish va terini parvarishlashni birga qo‘shib olib borish zarur.

Yomon odatlardan qutulish

Bag‘baqa va bo‘yindagi ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun iyakni pastga qisish odatini tashlash tavsiya qilinadi. Boshni biroz ko‘tarinki holda tutish – ancha foydali va yaxshiroq.

Tishlarga e’tibor berish

Tishlarning holati va o‘z vaqtida protez qilish ham juda katta ahamiyatga ega. Tishlarning yo‘qligi nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga balki, yuz shaklining o‘zgarishiga va chuqur ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Kremlardan foydalanish

Uyqudan oldin yuzga krem yoki maz surish foydali. Maz 1 bankacha kremga yarim choy qoshiq tuyib mayda qilingan osh tuzini aralashtirib tayyorlanadi. Bu aralashma yuzga suriladi va 2-3 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida singdiriladi. Ertalab sovuq suvda yuvib, krem surib qo‘yiladi.

Quyosh nuridan himoya qilish

Yuzida ajinlar paydo bo‘la boshlagan ayollarga quyosh nuridan saqlanish va quyoshli kunlarda tashqariga chiqishdan oldin albatta krem surish tavsiya etiladi.

Massaj qilish

Ajinlar paydo bo‘lishi bilan, terida qon aylanishini yaxshilash va uni mustahkamlash uchun har kuni yuz terisini 5 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida yengilgina urib chiqing.
Ushbu "Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olamiz" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 23 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar