prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

GO'ZAL BO'LISH SIRI.

Joylandi: 10.12.2019, 13:48
Biz bilan bunday komillikka erishish oson. Qimmat kosmetik vositalar, krem, atir-upa, go'zallik salonlari, sport zallaridagi muntazam mashg'ulotlar... Eh-he, go'zal ko'rinish uchun nimalar qilmaymiz-a. Aslida esa chiroyli qomat va maftunkor ko'rinishga ega bo'lish uchun ko'p narsa shart emas. Shunchaki ozroq xafsala va bir necha kerakli tavsiyalar bo'lsa bas. Demak, siz uchun tayyorlagan amaliy maslaxatlarimiz bilan tanishing!

Tabiiy guzallik

ZAYTUN YOG'I (olivkovoe maslo). Grek va turk ayollarining go'zallik sirlari – zaytun yog'ida!

Zaytun o'simligidan olinadigan yog'ni deyarli barcha taom va eguliklarga qo'shib iste'mol qilishga odatlangan bu millat ayollari sog'lom soch va mayin yuz terisi bilan mashhurlar. Bu yog' tarkibidagi omega-3 va omega -6 yog' kislotalari terini oziqlantirib, soch va tirnoqlar tuzilishini tiklaydi. Maslaxat: kunora zaytun yog'i qo'shilgan 1-2 taom yoki egulikni tanavvul qilish teri tuzilishini quruqlashishdan saqlab, namlik miqdorini me'yorlashtiradi.

Go'zal

BALIQ - Qanday parhezda bo'lishingizdan qat'iy nazar vaqti-vaqti bilan baliq go'shti tanavvul qilishni unutmang.

Uning tarkibidagi oqsil moddasi mushaklar tonusi uchun juda muhim. Agar organizmingizga oqsil etishmasa, teri rangingiz xiralashib, rangpar ko'rinishga kelish oladi. Qolaversa, baliq go'shti tarkibidagi foydali elementlar ko'krak saratoni, mavsumiy depressiya va beldagi ortiqcha santimetrlar yuzaga kelmasligian himoyadir.

Maslaxat: Istagan baliq go'shtini ozroq o'simlik yog'ida qovurib yoki bug'da pishirib tayyorlang-da, ustiga mavsumiy ko'katlardan seping. Qarabsizki, mazali va foydali egulik “Dasturxonga marhamat!” deydi.

Foydali maslahatlar.

SABZI - Boshqa sabzavotlarga qaraganda sabzi tarkibida A vitamining eng ko'p foizi bo'lib, teri quruqlashishi va po'st tashlashining oldini olishda yordam beradi. Agar teri rangingiz qizarib, engil qichishishni sezsangiz taomnomangizga ko'proq sabzidan qo'shing.
Maslaxat : Sabzining homligicha iste'mol qilingani ko'proq foydali sanaladi. Istasangiz qirg'ichdan o'tkazib yoki sabzavotli salatga aralashtirib tanavvul qiling.

Bodom haqida.

BODOM - Tirnoqlarni mustaxkamlaydi....

Sinuvchan, mo'rt va bo'yoqga chimdamligigi bo'lmagan tirnoqlar organizmda tsink (ruh) mikroelementlarinng etishmasligi belgisidir. Muammoni bartaraf etishning eng oson yo'li bodom mag'zidan iste'mol qilish. Kun ora iste'mol qilingan bodom mag'zi suyaklar mustkamligi, moddalar almashinuvi hamda organizmda kollagen ishlab chiqilishi uchun asqotadi.
Maslaxat: Muntazam charchoq hissi tark etmasa yoki o'zingizni xolsiz sezsangiz 1 stakan bodom mag'zidan tanavvul qiling. Natijasi uzoq kuttirmaydi.

QO'ZIQORIN - Ajinlar bilan kurashadi!

Bilsangiz qo'ziqorinning shampinon navi ajinlarning oldini oluvchi eng yaxshi vositadir. Qo'ziqorin tarkibidagi kuchli antioksidantlar va yog' kislotalari yoshga doir eng sifatli krem bilan bamalol tenglasha oladi. Qolaversa, bu maxsulot moddalar almashinuviga yordam berib, ortiqcha vazn to'planishining himoyasidir.
Maslaxat : Bir xaftada bir marta bo'lsa ham qo'ziqorindan egulik yoki taom tayyorlashni kanda qilmang. Ana shunda turli xil kremlarga hojat ham qolmaydi.

TSITRUS MEVALAR - Teri rangi sofligi uchun. Kosmetologiyada eng samarali antioksidant hisoblangan S vitamini tsitrus mevalari tarkibida talaygina.

Tsitrus mevalar kollagen tolalarining yuzaga kelishini tezlatib, teri ko'rinishini taranglashtiradi. Masalan, greypfrukt tarkibida S vitaminidan tashqari efir moylari ham bo'lib, yuz terisiga tabiiy qizillikni beradi. Mandarin esa 30 yoshdan oshgan ayollar uchun beldagi ortiqcha santimetrlar bilan kurashishda samarali vosita.
Maslaxat : Ertalab 1 stakan tsitrus mevali shartbatni ichib so'ng boshqa ishlaringizga unasangiz, kun davomida teringizning tabiiy rangini muxofazalaysiz.

BANAN - Jilovdor sochlar siri.

Bu tropik meva tarkibida sochlar tuzilishida muxim bo'lgan kaliy moddasi bisyor. Agar sochlaringiz jonsiz va sinuvchan ko'rinishga kelganini sezsangiz, banan mevasidan tanavvul qiling.
Maslaxat : Kun ora bitta banan iste'mol qilsangiz, bir xafta – o'n kunlarda sochlaringiz ko'rinishi normallashadi.

KO'K CHOY - Tabiiy yoshlik eleksiri.

Ko'k choy tarkibida bioaktiv moddalar ko'p bo'lib, organizmdagi oksidlanish jarayonlarining oldini olish bilan ahamiyatli. Shuningdek, ko'k choy qandli diabet yuzaga kelishini oldini olib, immunitetni mustaxkamlaydi hamda ortiqcha vazndan saqlaydi.
Maslaxat : Ko'k choyning bir kundagi me'yor miqdori – 0,5 litrni tashkil etadi. Ayniqsa tanavvuldan so'ng ichilgan 1-2 stakan ko'k choy vazn to'planishini oldini oladi.

QO'Y GO'SHTI - Ayollik jozibasi uchun.

Dietologlar ayollarga hos bo'lgan joziba va maftunkorlikni oshirishda qo'y go'shtidan tayyorlangan taom va eguliklarni tavsiya etishadi. Gap shundaki, ko'y go'shti tarkibidagi tsink, marganets va mineral moddalar jinsiy faollik uchun xizmat qiluvchi testesteron faolligini ta'minlaydi.
Maslaxat: Qo'y go'shtidan tayyorlangan taomlarni bir xaftada 1-2 marta tanavvul qilish me'yor bo'lib, qon bosimi yuqori bo'lganlar uchun tartibga rioya etish muxim.

SUT VA SUT MAHSULOTLARI - Hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi.

Oshqozondagi muammolar yuz terisida nomoyon bo'lishi sir emas. Shu bois ayniqsa kechki tanavvuldan so'ng sut yoki qatiq ichish tavsiya etiladi. Bu maxsulotlar tarkibidagi foydali elementlar xazm qilish jarayoniga faol ta'sir etib, teri toshmalari, xusnbuzar, qora nuqtalar yuzaga kelishining oldini oladi.
Maslaxat : Bir kunda 1 stakan sut , qatiq yoki bitta yogurt tanavvul qilishga odatlansangiz, terida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni oldini olgan bo'lasiz.

BROKKOLI - Hayz davrini engillashtiradi....

Bu sabzavot tarkibida Medeleev jadvalidagi barcha elementlarni topish mumkin. Brokkol hususiyatiga ko'ra hayz oldi sindromlarini engil o'tishida ko'maklashib, siydik haydashda faol ishtirok etishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, uning tarkibidagi kletchatka, S,A,K vitaminlari fosfor, magniy va temir moddalari va ko'plab boshqa foydali elementlar organizmga zarur quvvatni ta'minlab, zo'riqishda yordam ko'rsatadi.
Maslahat : Hayz oldi sindromi bezovta qilsa, brokkolni bug'da tayyorlab, pishgach ozroq o'simlik yog'i bilan aralashtiring. Bunday engil tamaddi organizmingizga kerakli quvvatni ulashadi.

YASHIL RANGLI SABZAVOTLAR - Saratondan himoya...

Amerikalik olimlarning 66.940 nafar ayollar orasida o'tkazgan tadqiqot natijasiga ko'ra taomnomasida yashil bargli sabzavot va ko'katlar ishtirok etgan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish havfi 40 foizga kamroq ekan. Mazkur sabzavotlar tarkibidagi K,A,S vitamin va mikroelementlari hamda kaltsiy,beta-kerotin, kaliy,temir, kletchatka kabilar ayollarning reprodukvtiv salomatligiga ijobiy ta'sir etib, turli xastaliklardan himoyalaydi.
Maslahat : Sabzavotlarning foydasi yanada ko'proq bo'lishi uchun istagan o'simlik yog'i bilan birga iste'mol qilishingiz mumkin.

LOVIYA - Vazn miqdorini me'yorlashtiradi...

Ma'lumki, dukkakli o'simliklar kletchatkaga boy bo'lib, masalan birgina qizil loviya tarkibida 15 gramm kletchatka mavjud. Qizil loviya qorinni to'q tutib, tez xazm bo'lishi bilan foydali. Qolaversa, yurak va qandli diabetning oldini olib, ortiqcha vazn to'planishidan himoyalaydi.
Maslahat: 1 stakan qizil loviyani tuzsiz suvda qaynatib, pishgach o'simlik yog'i bilan aralashtiring. Ustiga to'g'ralgan ko'katlardan sepib, tanavvul qilish mumkin.



DUDLANGAN KARAM Tiqin (shlak) larni haydaydi...

Yuz rangingizni tiniqlashtirish va pigment dog'larni oqartirishni istaysizmi? Unday bo'lsa taomnomangizga tuzlangan karamni qo'shing. Barra karamdan tayyorlangan tuzlama ishtahani me'yorlashtirib, organizmdagi zararli tiqinlarni haydaydi.
Maslahat : 1 ta kichik karamni somoncha shaklida to'g'rab, ozroq tuz bilan aralashtiring. Tanavvul vaqti ovqat bilan birga iste'mol qilsangiz, foydasi uzoq kuttirmaydi.

Mamnuniyat siri...

Jozibali ko'rinishni saqlash uchun kun davomida kamida 10 marotaba yoqimli o'ylarni hayol qilish kerak. Hayolingizda qanchalik ko'p yaxshi o'y-fikrlar bo'lsa, harakatlaringiz ham shunga munosib bo'ladi.

Stressning davosi

Hadik va havotirlaringizning haqiqatga aylanishiga yo'l qo'ymang. Yaxshisi muammolarni engilroq baxolang. Shunda kayfiyat ijobiy va ruhiyatingiz tetik bo'ladi.

Shirinlik terapiyasi

Vaqti-vaqti bilan o'zingizni mazali egulik va shirinliklar bilan xursand qiling. Hatto birgina kichik shokolad ham hayotga o'zgacha ko'z bilan qarashga undab, muammolarni unutishga yordam beradi.
Ushbu "GO'ZAL BO'LISH SIRI." sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 21 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 15
Mehmonlar: 15
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar