prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Jennifer Lopesning go'zallik sirlari oshkor etildi!

Joylandi: 10.12.2019, 13:47
San’at osmonida yulduz bo’lib porlamoq uchun insondan tug’ma iqtidor, tuganmas sabr, o’ziga bo’lgan ichonch va albatta, tinimsiz mehnat talab etiladi. Lotin Amerikasida tug’ilgan oddiygina qiz bugungi kunda omadli aktrisa, xonanda, atirlar yaratuvchisi, model va o’z go’zalligini saqlab qolgan betakror ona!
Bolaligida bo’lajak yulduzni gitara deya masxara qilishardi. Uning nostandart qomati ko’pchilikning muhokamasiga sabab bo’lgani ham hech kimga sir emas. Egizak farzandlarini dunyoga keltirgach 25 kg vazn orttirgan Jey Lo farzandlari olti oylik bo’lishi bilan o’z ustida ishlashni boshlab yubordi. U o’z qomatini me’yorda ushlab turish uchun Lotin Amerika raqslari bilan jiddiy shug’ullanadi. Haqiqatdan ham raqs tana uchun fitness turlariga nisbatan yaxshiroq ta’sirga ega. Mukammal qomatga ega bo’lish uchun raqs bilan haftasiga 3 marta 2 soatdan shug’ullanish lozim.

“Turli jurnal va internet saytlarida mening nomimdan yozilgan parxezlarga ko’zim tushadi. Bularning barchasi yolg’on – men hech qanday parxezlarga rioya qilmayman. Qolaversa, men turli parhezlarga qarshi ekanligimni ta’kidlab o’tmoqchiman, ular vaqtinchalik natija beradi , holos. Agar qomatingiz a’lo darajada bo’lishini istasangiz, taomnomangizni ma’lum tartibga keltirib, hamisha ana shu hisob bo’yicha ovqatlaning. Mening taomnomam asosini baliq, yangi go’sht, mavsumiy meva va sabzavotlar tashkil etadi. Ba’zi hollarda shirinlik yoki hot-dog yegingiz kelsa o’zingizni cheklamang. Biroq ertasiga parxez kuni uyushtiring”. Jenniferning go’zallik borasidagi fikrlari esa quyidagicha: “ Shunchaki baxtli bo’ling va to’yib uhlang! Juda ko’p ishlaganim bois, tin olishga vaqtim yo’q!”. 40 yoshdan oshgan Jennifer Lopez o’z hayotini endigina boshlanayapti, deb hisoblaydi. Jismonan qanday yosh ko’rinish mumkin? Buning javobi: faol harakat, suzish, kontrast dush, sifatli kosmetika, ko’p miqdorda ichilgan suv, terini sovuq va quyoshdan asrash, yuz va tana uchun tabiiy niqoblardan foydalanishdir.
Ushbu "Jennifer Lopesning go'zallik sirlari oshkor etildi!" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 17 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar