prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Uy sharoitida ajinlarga qarshi kurashish usullari

Joylandi: 10.12.2019, 14:29
Yosh kattalashgan sari, kishi terisida ajinlar paydo bo‘la boshlaydi. Tabiiyki, har bir ayol atrofidagilardan terisidagi bunday kamchiliklarni bekitishga intiladi. Xo‘sh, ajinlarni uy sharoitida yo‘qotishning usullari mavjudmi?

Kosmetologlar bunday protseduralarni bemalol uy sharoitida ham bajarish mumkinligini ta’kidlamoqda. Quyida ajinga qarshi usullarning eng oddiy va osonlarini keltirib o‘tamiz.

Ajinga qarshi massaj

Bunday massaj terini namlantirib, undagi suv balansini tiklaydi. Yuz terisini kokos yoki bodom yog‘i bilan massaj qilishingiz mumkin. Ko‘z tagidagi ajinlarni yo‘qotish uchun kanakunjut moyi qo‘l keladi.

Ajinga qarshi niqob

2

Bunday niqobni uzumdan tayyorlash mumkin. Buning uchun uzum etini yaxshilab ezib, yuzga 20 daqiqaga surish lozim. Peshonadagi ajinlarga qarshi esa banan pyuresini niqob qilib surish yaxshi ta’sir qiladi.

Sog‘lom hayot tarzi

Go‘zalligimiz ko‘p hollarda hayot tarzimizga bog‘liq bo‘ladi. Horg‘inlik yoki aksincha, yaxshi kayfiyat birinchi navbatda yuzimizda o‘z ifodasini topadi. Shu tufayli mutaxassislar yoshga bog‘liq ajinlarga qarshi kurashda eng oson va tabiiy yo‘l — sog‘lom hayot tarzini tavsiya etadi. Quyida bunday turmush tarzi olib borishning oltin qoidalarini keltirib o‘tamiz.

3

Chekishni tashlang
Tamaki tutuni teriga salbiy ta’sir qilib, uning tarkibidagi kislorodni kamaytiradi, natijada hujayralar yangilanishi jarayoni sekinlashadi.

Terini quyoshdan himoya qiling
Quyoshli havoga chiqishdan avval teriga ultrabinafshali krem surib, ko‘zoynak taqib oling. Quyosh nuri terining barvaqt qarishiga olib keladi.

Piyoda sayr qilib turing
Toza havo terini kislorod bilan boyitib, uning go‘zalligi va yoshligini uzaytiradi.

To‘g‘ri ovqatlaning
Terini yaxshilash uchun meva va sabzavotlar (kletchatka va vitaminlar), dengiz mahsulotlari, go‘sht va tuxum (oqsil), sut-qatiq (oqsil va kalsiy), suli yormasi (ovsyanka) va don mahsulotlari (uglevodlar), yong‘oqlar (oqsil va yog‘lar), asal iste’mol qilish lozim.

Yuz terisini tozalab turing
Teri nafas olib, tiniq va yosh ko‘rinishi uchun uni har kuni kosmetik vositalardan tozalab, yuvish bilan birgalikda, haftada kamida bir marta yumshoq skrablarni ishlatish lozim. Ular yuz terisining o‘lik hujayralarini archib tushiradi.

Ortiqcha asabiylashmang
Ish kunlari va og‘ir ish haftasi so‘ngida dam olib, o‘zingizni “qayta tiklash”ni o‘rganing.

Ko‘proq harakatlaning
Har kuni jismoniy mashqlar bajaring, yoga, raqs, suzish va boshqalar bilan shug‘ullaning. Shunday faollik chog‘ida teri kislorod bilan boyib, o‘zidagi zararli toksinlarni chiqarib yuboradi.
Ushbu "Uy sharoitida ajinlarga qarshi kurashish usullari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 28 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 9
Mehmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 1
julietteeq2
Umumiy ma'lumotlar