prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Uy sharoitida go`zal bo`lishning 10 ta usuli

Joylandi: 10.12.2019, 13:48
Go`zallik har doim ham qimmatbaho pardoz buyumlarini qo`llash orqali paydo bo`lavermaydi. O`rta yoshda tashqi ko`rinishning a`lo darajada bo`lishi esa, o`z ustida qunt bilan ishlash natijasidir. Buning uchun nima qilish kerak?

Bugungi kunda go`zallik haqida ko`pgina maqolalar nashr etilgan, hamda teleekran orqali ekspertlar ham chiroyli va sog`lom bo`lish uchun nimalar qilish kerakligi haqida maslahatlar berishgan. Hozir biz sizga qadimda buvilarimizga ham tanish bo`lgan ayrim sirlarni ochamiz.

1. Hazm qilish tizimini yaxshilash hamda ichaklarning oson tozalanishi uchun har kuni ertalab och qoringa 1 osh qoshiqda zig`ir urug`ini yaxshilab chaynab suv bilan ichib yuborish kerak. Hazm qilish tizimi organlarining to`g`ri ishlashi tashqi terida namoyon bo`ladi. Eng avvalo shamollash, qizarishlar va ortiqcha yog`lar yo`q bo`lib, yuzning rangi yaxshilanib boradi.Zig`ir urug`ini kofeyanchgich bilan maydalab olinsa, uni iste`mol qilish yanayam osonlashadi. Zig`ir safro xaydovchi ta`siriga ega bo`lgani uchun o`t pufagida toshi borlar ehtiyot bo`lishi kerak.

2. Vaznni normal holatda ushlash uchun har kuni 150 gramm qaynatilgan lavlagi eng.Uning tarkibida yog`larning almashinuvini nazorat qiladigan, pishirilganda o`z xususiyatini yo`qotmaydigan betain mavjud.Undan tashqari lavlagi qonning tozalanib turishida juda foydali.

3. Har kuni o`zingiz xush ko`radigan yong`oqlardan bir siqimdan eb borishingiz kerak. Bir oydan keyin uning natijasi shundoq yuzingizda namoyon bo`ladi. Hamma yong`oqlarning tarkibida katta miqdordan iborat to`yinmagan yog`li kislotalar soch, teri va tirnoqlarga samarali ta`sir qiladi.

4. Dorixonadan kapsulali vitamin E va gliserin sotib olin. 30 ml gliserin bilan birga 10 dona kapsulali vitaminni aralashtiring. Tayyor bo`lgan qorishmani uxlashingizdan 2 soat oldin toza yuzingizga surtib oling. Ortiqchasini qo`l sochig`i bilan quritib oling.

5. Xantal (gorchisa) kukunidan tayyorlangan niqob bir oy ichida sochingizni tanib bo`lmas darajada o`zgartirish xususiga ega. 2 choy qoshiq xantal kukuni bilan 2 osh qoshiq chakamug` yoki zaytun yog`ini aralashtirib, unga 2 choy qoshiqda shakar va xuddi shuncha iliq suv qo`shing. Bularni hammasini quyuqlashguniga qadar yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor bo`lgan niqobni nam sochga 15 daqiqaga surib qo`yamiz. Xantal niqobi sochlar to`kilishida qo`llashimiz mumkin, shu bilan birga u sochlarning ipakday mayin bo`lib yarqirashiga hamda uning o`sishiga ham ta`sir qiladi. Uni bir haftada bir marta qo`llash lozim. Xantal qizdirish xususiyatiga ega bo`lgani uchun uni 15 daqiqadan ortiq ushlash mumkin emas.

6. Har gal boshingizni yuvganingizdan so`ng uni 1 osh qoshiq olma sirkasi hamda 1 l suvdan tayorlangan qorishma bilan chayishni unutmang. Bu ajoyib mahsulot kondisionerning ishini bajarishi mumkin. Shuningdek u tabiiy hamdir.

7. Oyog`ning dag`allashgan terisini yumshatish uchun har kuni kechqurun sariyog` va bir nechta tomchi efir lavanda yog`idan tayyorlangan qorishmani tovonizga surting. So`ng ustidan ertalabgacha paypoq kiyib oling.

8. Kipriklaringiz uzun va qalin bo`lishi uchun kunjut yog`idan foydalaning. U ham o`ziga yarasha kondisioner hisoblanadi. Yog`ni uxlashdan oldin kipriklaringizga surin. Yog`ni qulay surta olishiz uchun esa eski tushingizning cho`tkasini olib yaxshilab yuvib foydalanishingiz mumkin.

9. Tuz skrabi selyulitlarga qarshi hamda yoshartirish xususiyatiga ega. Dush qabul qilishingizdan oldin tosh tuzini qaymoq bilan 1:1 proporsiyasida aralashtirib olasiz. Tayyor bo`lgan skrabni nam teringizga surtib uqalaysiz, so`ng esa yuvib tashlaysiz.

10. Ajinlarga qarshi ajoyib narsa hisoblanuvchi amaranta yog`i, ajinlarni tekislashga, yoshartirishga hamda yuz va badan terisini tortish xususiyatiga ega. U saraton hujayralarining o`sishini to`xtatadi hamda immunitetni mustahkamlyaydi va keksayishning oldini oladi. Uning tarkibida fitosteroli bo`lib, u qondagi xolestirin miqdorini kamaytirib boradi. Shunday ekan bu yog`ni iste`mol qilish ham mumkin.

Muntazam ravishda bu maslahatlarga amal qilsangiz, uzoq yillar davomida chiroyli tashqi ko`rinish va mustahkam sog`liqni ta`minlab kelasiz. Balki yillar o`tib siz ham bu go`zallik sirlari haqida nabirangiz bilan bo`lishib o`tirarsiz.
Ushbu "Uy sharoitida go`zal bo`lishning 10 ta usuli" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 21 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar