prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Androiddagi ekran o'rtasida chiqib qolayotgan begona reklamalarni o'chirish yo'li

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Salom hurmatli foydalanuvchi.
Android telefonida internetni yoqishingiz bilan o'z mayliga ekranning o'rtasida g'alati reklamalar chiqishni boshlaydi. Bu pul ishlovchi reklama turlarining biri hisoblanadi. Ya'ni ushbu reklamalarni qaysi dasturdan chiqib kelayotganini bilmaysiz. Bu reklamalar esa android sistemasiga o'rnashib oladi va internet yonishiga ishga tushadi. Asosan ekran o'rtasida chiquvchi reklamalar har qanday odamni ham g'ashiga tegadi. Ushbu reklamaning tagini surishtiradigan bo'lsak, telefoningizga qanday kelib qolganini o'zingiz ham bilmaysiz. Bu ba'zi chet saytlardagi programma yoki o'yinlarning ichiga joylashtirilgan bo'ladi.
Hullas hozirdagi ekranning o'rtasidagi to'rtburchak ichidagi kichkina reklama ko'plab telefonlarga tarqalib ketgan. Buning butunlay o'chirib tashlab bo'lmaydi. Lekin majburiy to'xtatish orqali uni ishlamaydigan qilish mumkin.
Android telefoningizdan Настройки ga kirasiz. So'ng Диспетчер приложения ga kirasiz va Все bo'limiga o'tasiz. Ushbu bo'limda android telefoningizdagi barcha ilovalar va o'yinlar turadi. Ya'ni siz yangi yuklagan hamda telefoningizni o'zining doimiy ilovalari.
Endi shu Все bo'limdan com.android.acore.loop degan programmani qidirib toping. Agar ushbu ilova mavjud bo'lmasayu lekin sizda reklama chiqadigan bo'lsa demak u yana bir boshqa ilovadan chiqayotgan bo'lishi mumkin.
Hullas com.android.acore.loop ga kirasiz. U yerda Удалить ya'ni O'chirish imkoni yo'q. Lekin to'xtatish mumkin.
Очистить данние ga bosamiz. Bunda biz ushbu ilova internetdan yuklab olgan reklamalarini o'chirib tashlagan bo'lamiz.
Принудит. остановить - Bunda biz ushbu ilovani majburiy to'xtatib qo'yamiz.
Отключить ni bosganimizdan so'ng esa ushbu ilova ishlashini to'xtatib qo'yamiz.
Shundan so'ng telefonimizdagi g'alati reklamalar umuman ko'rinmaydi.

Bu ilovalarni virus deb atasak ham bo'ladi. Bunday viruslarni ko'pincha original tizimdagi androidlar to'xtatib qoladi. Ya'ni to'liq o'chirib yubora olmasangizda ishlashiga qarshilik qilishingiz mumkin. Bu telefonlarga misol keltirishimiz mumkin: Samsung Galaxy S2, Samsung Galaxy S3 va boshqa turdagi Galaxylar.
Lenovo, FLY, LG va yana juda ko'plab turdagi soxta androidlar esa ushbu dasturga qarshi chiqa olmaydi. Buning birgina jazosi kompyuterda yangi dastur bosishdir.

Ushbu sizga aytgan ilovamizni to'xtatish testi Samsung Galaxy S2 telefonida o'tkazildi.
Ushbu "Androiddagi ekran o'rtasida chiqib qolayotgan begona reklamalarni o'chirish yo'li" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 18 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 9
Mehmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar