prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Kruassan va qahva haqiqiy frantsuzcha nonushta hisoblanadi. U qatlama yoki oshirilgan xamirdan tayyorlanadi. Kruassan rogalik shaklida o‘raladi va yarim oy shaklida bo‘ladi. Shu sababli uning nomlanishi ham shaklidan kelib chiqqan (frantsuzchada «kruassan» «yarimoy» deb tarjima qilinadi).

Ichiga shokolad solingan haqiqiy frantsuzcha kruassan retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Kerakli masalliqlar:

– Tayyor qatlama xamir;

– 1 plitka shokolad (achchiq yoki sutli);

– 1 ta tuxum;

– 1/2 choy qoshiq shakar (vanil shakari ishlatish ham mumkin).

Tayyorlanishi:

Birinchi navbatda plitka shokoladni kichik bo‘lakchalarga bo‘lamiz. Shokolad muzdek va folgada bo‘lsa bo‘lish osonroq.

Xamirni dastlab to‘g‘riburchaklarga kesib chiqamiz. So‘ngra har bir to‘g‘riburchakni diagonaliga kesamiz. Shunda uchburchaklar hosil bo‘ladi.

Uchburchaklardan birini olib, uning eng qisqa tomoniga shokolad bo‘lakchasini qo‘ying. Qo‘lingizni yog‘lab, kruassanni asosidan yuqoriga qarab o‘rab borasiz. Shokolad uning ichida qolishi kerak. Har bir uchburchakni shu tarzda o‘rab chiqasiz.

Tuxumni idishga chaqib, unga shakar qo‘shamiz va aralashtiramiz. Kruassanlarni duxovka listiga joylab, har biriga tuxum surib chiqamiz. 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. Ularning tayyor bo‘lganligini tilla rangga kirganidan bilish mumkin. Shuningdek, tayyor bo‘lishiga 3—4 daqiqa qolganda oshxonaga vanil va shokolad hidi tarala boshlaydi.

Shokoladli mayin kruassanlar yaqinlaringizni albatta xursand qiladi!
Ushbu "Fransuzcha nonushta — shokoladli kruassan" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 22 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar