prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Go‘shtli pirog qanday qilinadi? (Rasmlari bilan)

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Uyga kutilmaganda mehmon kelib qolsa, ko‘p vaqt talab qilmaydigan va uyda doim bor bo‘ladigan mahsulotlardan qanday tansiq taom tayyorlashni o‘ylab, boshimiz qotadi. Mana shunday paytlarda go‘shtli piroq bizga asqotishi mumkin, chunki uni tayyorlash uchun juda oz va oddiy masalliqlar kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, pirog to‘yimli hamdir.

Zarur masalliqlar:
xamiriga:
200 g qatiq
200 g margarin
1 ta tuxum
300 g un
tuz
osh sodasi
qiymasiga:
200 g go‘sht
1 ta piyoz
1 ta kartoshka
tuz
Tayyorlanishi:
200 g margarinni olib, mikroto‘lqinli pech yoki gaz plitasida eritamiz.

2

200 g qatiqqa 2 choy qoshiq tuz va 1 choy qoshiq osh sodasi solamiz. Osh sodasi qatiqni ko‘pirtirib yuborishi kerak.

3

Shundan keyin uni sovigan margaringa qo‘shib, aralashtiramiz.

4

Aralashmaga unni kam-kamdan sola boshlaymiz.

5

O‘rtacha qattiqlikdagi elastik xamir qoramiz va uni 1:3 nisbatida ikkiga bo‘lamiz. Xamir oson yoyilishi uchun uni sellofan paketga o‘rab, 10—15 daqiqaga sovitgichga qo‘yamiz.

6

Endi qiymani tayyorlab olamiz. Buning uchun o‘rtacha kattalikdagi piyozni maydalab to‘g‘raymiz.

7

Kichikroq kartoshkani yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Agar pirog quruq bo‘lib qolmasligini, qiymasi sersuv bo‘lishini istasangiz, kartoshka o‘rniga pomidor ishlatishingiz mumkin. Pomidorni qiymaga tilim-tilim shaklida to‘g‘rab solish zarur.

8

Go‘shtni qiymalagichdan o‘tkazamiz. Bularning barchasini bitta idishga solib, aralashtiramiz, tuzini to‘g‘rilaymiz.

9

Xamirni sovitgichdan olib, katta bo‘lakni taxminan yarim santimetr qalinlikda yoyamiz. Unga ta’bingizga qarab, aylana yoki to‘rtburchak shaklini berishingiz mumkin. Yoyilgan xamirni duxovka listiga qo‘yamiz.

10

Ustiga qiymani bir tekis qilib yoyib chiqamiz.

11

So‘ng xamirning kichik bo‘lagini yoyib, qiymaning ustini yopamiz.

12

Xamirlarning chetini bir-biriga ulab chiqamiz.

13

Pirogning ustiga pichoq yordamida kesmalar tushiramiz, bu pishish jarayonida xamirning ko‘tarilib qolmasligini ta’minlaydi.

14

Shundan so‘ng xamirga tuxum sarig‘ini suramiz va 175 darajagacha qizdirilgan duxovkada 30—40 daqiqa davomida pishiramiz.

15

Pishirish jarayonida pirogdan xabar olib turish zarur. Uning usti pishgach, duxovkaning pastki qavatiga tushirish kerak.

16

Go‘shtli pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Go‘shtli pirog qanday qilinadi? (Rasmlari bilan)" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 20 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar