prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Mazali pishiriqlar tayyorlash borasida maslahatlar

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Yumshoq va mazali qilib pishirish – bu har qanday bekaning mahorat cho‘qqisi hisoblanadi. Uyda pishiriladigan pishiriqlar har doim yaxshi chiqishi uchun pishirishning ba’zi sirlari va maslahatlaridan foydalaning.

1.Xamir qorishdan oldin unni elakdan o‘tkazish zarur – bu uni kislorod bilan boyitadi va yumshatadi.

2.Yog‘ va shirinlik qo‘shilgan xamir tayyorlash uchun saryog‘ni bir xil zichlikda qilib qorishtirish, oshirilgan xamir uchun esa – qaymoq quyuqligida eritish lozim.

3.Oshirilgan xamir yumshoq va yengil chiqishi uchun unga qaynatilgan kartoshkani sovitib, mayda qirg‘ichda maydalab (1 kg unga 2—3 dona o‘rtacha kattalikdagi kartoshka) qo‘shish kerak.

4.Qovurilgan pirojkalar uchun tayyorlanadigan oshirilgan xamir pishiriqlar xamiriga qaraganda yumshoqroq tayyorlanadi.

5.Oshirilgan xamirni qorishdan oldin qo‘shilgan aromatik moddalar uning mazasini va hidini yaxshilashga yordam beradi: 2 piyola unga bitta apelьsin yoki yarimta limon qobig‘i, 2—3 dona maydalangan kardamon mevasi,1—2 gramm vanilli shakar.

6.Agar siz mayizli xamir tayyorlayotgan bo‘lsangiz, avvalo mayizni issiq suvda yuvib undan keyin un sepsangiz mayizlar xamir ichida bir xilda joylashadi.

7.Pirog tayyor bo‘lganligini bilish uchun unga tish kovlagich tiqib tekshirib ko‘ring. Agar u quruq bo‘lsa pirogni olishingiz mumkin.

8.Pishiriqning sifatini uning og‘irligidan aniqlash mumkin: qancha yengil bo‘lsa, shuncha yaxshi pishirilgan bo‘ladi.
Ushbu "Mazali pishiriqlar tayyorlash borasida maslahatlar" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 22 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 6
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 1
julietteeq2
Umumiy ma'lumotlar