prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Olmali va mayizli pirog (Bunisi boshqacharoooq) !

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Ramazon oyida mazali va foydali pishiriq bilan oila a’zolaringizni xursand qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu pirogni pishirib ko‘ring.

Tayyorlashdan oldin mayizni yuving va quriting. Olmani yuvganingizdan so‘ng sochiq bilan quriguncha arting.

Zarur masalliqlar:
Un — 1 stakan
Shakar — 1 stakan
Tuxum — 3 dona
Margarin — 180 g
Yumshatuvchi (razrixlitel) — 1 ch.q.
Mayiz — 100 g
Olma — 1—2 dona

Tayyorlash usuli:
Chuqur idishga yumshatilgan margarinni va shakarni soling.

Margarin va shakarni mikserda aralashtiring.

Aralashmaga tuxum qo‘shing va yana mikser yordamida hajmi kattalashguncha aralashtiring.

Tayyor bo‘lgan massa ustiga yumshatuvchi qo‘shilgan unni asta-sekinlik bilan seping va yana mikserda aralashtiring.

Xamir silliq va quyuqroq bo‘lishi kerak.

Olmalarni po‘stlog‘idan va urug‘idan tozalang. Ularni unchalik katta bo‘lmagan kubik shaklida to‘g‘rang va xamirga qo‘shing.

Oldindan yuvib quritilgan mayizni ham qo‘shing.

Xamirni aralashtiring va yog‘ surilgan formaga joylang.

Oldindan 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 25—30 daqiqa davomida pishirib oling.

Olmali va mayizli pirog tayyor, yoqimli ishtaha!
Ushbu "Olmali va mayizli pirog (Bunisi boshqacharoooq) !" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 15 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar