prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

​«Qirolicha» pirogini tayyorlashni o'rganamiz

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Tvorogni xush ko`ruvchilarga juda yoqadi!

Zarur masalliqlar: 250 gr. un, 120 gr. sariyog`, 100 gr. qand upasi, 1 dona tuxum sarig`i, 2 osh qoshiqdan smetana va kakao, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich; ichiga solishga: 1 kg. tvorog, 400 ml. qaymoq, 200 gr. shakar, 5 dona tuxum, 60 gr. kokos qirindisi, 3 osh qoshiq makkajo`xori kraxmali.

Tayyorlanishi: 1. Un, qand upasi, kakao, xamiryumshatgich va xona haroratida yumshatilgan sariyog` bo`laklarini yaxshilab aralashtiring.

2. Smetana va tuxum sarig`ini qo`shib, xamir tayyorlang. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o`rang-da, 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.

3. Tvorog va qaymoq xona haroratida bo`lishi kerak. Ikkalasini blender yordamida yaxshilab aralashtiring.

3. Tuxum, shakar va kraxmal qo`shib, aralashtirishda davom eting.

4. Tvorogli aralashmaga kokos qirindisini ham soling.

5. Xamirni ikkiga bo`ling. Birinchi bo`lak xamirni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing-da, pirog qolipiga solib, ustidan tvorogli aralashmani quying. Qolgan xamirni ham qirg`ichdan o`tkazib, pirog yuziga seping. Shirinligimiz 160 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi.

2 soat

8 kishilik
Ushbu "​«Qirolicha» pirogini tayyorlashni o'rganamiz" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 23 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar