prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Smetannik pirogi Juda mazali va To'yimli

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Smetannik – nafis va juda mazali ta’mli pirog bo’lib, ko’pchilik uni bolaligida ko’p iste’mol qilgan bo’lsa kerak. Bunday pirogga kerakli masalliqlar juda oddiy bo’lsa ham ta’mi juda ajoyibdir.
Smetannik ta’m jihatidan chizkeykga o’xshab ketadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:
KORJIGA:
200 gramm un
100 gramm sariyog'
1 choy qoshiq qabartma
2 osh qoshiq shakar
bir chimdim vanilin
1 dona tuxum
ASOSIGA:
4 ta tuxum
100 gramm shakar
600 gramm smetana

1-Qadam
Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, un ustidan solamiz. Qo'lda kukunsimon holatga kirgunicha yaxshilab aralashtiramiz. Ustidan shakar, vanilin va qabartmani ham solamiz.

2-Qadam
Ustidan tuxumni chaqib solamiz va xamir qorib olamiz. Xamirni 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

3-Qadam
Tingan xamirni olib, aylanasi 22 sm bo'lgan qolipga yoyib chiqamiz. Xamirning chetlarini esa "bortik" qilib chiqamiz.

4-Qadam
Asosi uchun esa tuxumlarni shakar bilan birga ko'pirtirib olamiz. UStidan smetanani ham solib aralashtiramiz. So'ng aralashmamizni qolipdagi xamir ustidan quyamiz. 160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

5-Qadam
Pishgan pirogni avval sovutib, so'ng 4-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Buni o'qing: Eng yangi tasirli va ma'noli she'rlar to'plami

Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Smetannik pirogi Juda mazali va To'yimli" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 4
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 1
margueritend1
Umumiy ma'lumotlar