prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Uy sharoitida brauni — shokoladli pirojniy tayyorlaymiz

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Brauni pishirig‘i nomi inglizcha brown — jigarrang so‘zidan olingan bo‘lib, shunday rangdagi shokoladli pirojniyga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu taom Amerika oshxonasiga xosdir. Retseptdan kelib chiqib, brauni tort, keks yoki pechenye ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bugun uni keks ko‘rinishida pishirib ko‘ramiz.

Zarur masalliqlar:

100 g achchiq shokolad (59—70% kakao)
100 g margarin
200 g shakar
2 ta tuxum
100 g un
1 choy qoshiq razrixlitel
1 piyola maydalangan yong‘oq
Tayyorlanishi:

100 g achchiq shokoladni bo‘laklab suv banyasida yoki mikroto‘lqinli pechda eritamiz.

1

Unga 100 g margarinni bo‘laklab solib, eritishda davom etamiz.

2

So‘ng 200 g shakarni qo‘shib, silliq massa hosil bo‘lgunicha yana aralashtirib, eritamiz.

3

Aralashmani sovigach, unga 2 ta tuxumni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

4

Ustiga 100 g un va razrixlitelni elab solamiz va suyuq xamir qoramiz.

5

Xamirga bir piyola maydalangan yong‘oq mag‘zini qo‘shamiz va aralashtiramiz.

6

Yog‘lab, pergament qog‘ozi to‘shalgan formaga xamirni quyib, 170 darajagacha qizdirilgan duxovkada 30—35 daqiqa davomida pishiramiz.

7

Tayyor korjni duxovkadan olib, sovitamiz. Dastruxonga tortishdan avval uni to‘rtburchak shaklida kesib, likopchaga solamiz.

8

Brauni tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Uy sharoitida brauni — shokoladli pirojniy tayyorlaymiz" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 23 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 9
Mehmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar