prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Yong‘oqli va kakaoli keks qilishni o'rganamiz (Rasmlari bilan)

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Ushbu keks tez tayyor bo‘lishi va kam masalliq talab qilishi, shuningdek mayin bo‘lib pishish xususiyati bilan sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi shubhasiz. Tarkibidagi yong‘oq esa uni nonushtabop to‘yimli pishiriqqa aylantiradi.

Zarur masalliqlar:

4 ta tuxum
0,5 stakan shakar
50 g margarin
1 choy qoshiq razrixlitel yoki osh sodasi
¾ stakan un
2 osh qoshiq kakao
0,5 ta limon
2 osh qoshiq yong‘oq
Tayyorlanishi:

Xona haroratida yumshagan 50 g margarinni shakarning yarmi (1/4 stakan) bilan vilka yordamida aralashtiramiz.
2

Unga tuxumning sarig‘ini bitta-bitta solib, aralashtirishda davom etamiz.
3

Aralashmaga 2 osh qoshiq maydalangan yong‘oq mag‘zi hamda po‘sti bilan birga qirg‘ichdan o‘tkazilgan yarimta limonni qo‘shamiz.
4

Ustiga ¾ stakan un, 1 choy qoshiq razrixlitel va 2 osh qoshiq kakao solamiz.
5

Qoshiq yordamida barchasini yaxshilab aralashtiramiz.
6

Endi tuxum oqini ko‘pirtirib olamiz. Buning uchun quruq idishga 4 ta tuxum oqini solib, mikser yordamida dastlab past tezlikda, so‘ng eng yuqori tezlikda ko‘pirtiramiz. Ko‘pik qattiqlashib, oqmaydigan bo‘lganida shakarning qolganini solib, yana ko‘pirtiramiz.
7

So‘ng uni xamirga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
8

Tayyor xamirni yog‘lab, un sepilgan formaga solamiz.
9

Uni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 20—30 daqiqa davomida pishiramiz.
10

Keks tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Yong‘oqli va kakaoli keks qilishni o'rganamiz (Rasmlari bilan)" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 20 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 7
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 1
latishaat2
Umumiy ma'lumotlar