prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Tadbirkorlik qobiliyatingiz bormi

Joylandi: 10.12.2019, 14:59
Tadbirkorlik qobiliyatingiz bormi? Sizga qaysi soha to'g'ri keladi?

t.jpg
Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo`ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha” yoki "Yo'q" tarzida javob bering.

1. Boshlagan ishingizni har qanday to'siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?

2. Qabul qilgan fikringizda qat'iy turasizmi yoki sizni fikringizdan qaytarish osonmi?

3. Mas'uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko'rasizmi?

4. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?

5. Hech qanday rag'batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?

6. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko`rasizmi?

7. Qilayotgan ishingizning to'g'riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?

8. Birovlarning fikri va g'oyalarini tez ilg`ab olasizmi?

9. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?

10. Amaldagi soliq tizimi, hisob - kitob ishlari bilan yaxshitanishmisiz?

11. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?

12. Marketing va moliya sohasida boshlang`ich ma`lumotlaringiz bormi?

13. Mamlakatda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?

14. Ijaraga olish uchun biror binoni ko`z ostingizga olib qo`yganmisiz?

15. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o'zingizni moddiy ta'minlab turish imkoniyatingiz bormi?

16. Qarindoshlaringiz, do'stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko'ndira olasizmi?

17. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta'minotchi bormi?

18. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko`z ostingizga olib qo`yganmisiz?
"Yo'q" javobi ko'p bo'lsa tadbirkorlik sizga yot. Siz orzular va g'oyalarga boysiz. Ularning ko'pi olamshumul ahamiyatga ega. Ammo ish bularni amalga oshirishga kelganda…Yo'q-yo'q, sizga tinchgina hayol surib yotish qulay."Ha" va "Yo'q" javoblari teng bo'lsa. Siz tadbrikor bo'lishingiz mumkin - faqat birov bunga judayam-judayam undasa. O'zingizcha bunga intilmaysiz.qulay vaziyat, yetarlicha mablag' va yaqinlaringiz da'vatigina sizni yaxshi tadbirkorga aylantiradi. Ish boshlashdan avval o'sha sohani yaxshi o'rganib chiqib, atrofingizga mutaxassislarni yig'a olsangiz bo`ldi. "Ha" javobi ko'p bo'lsa
Siz tadbirkorlik uchun zarur barcha xislatlarga egasiz. Maqsad yo'lidan og'ishmasligingiz, muvavvaqqiyatga ishonchingiz va g'ayratingiz har qanday g'oyani ro'yobga chiqarishga imkon beradi.

Testni tayyorlashda biznestrener.uz ma'lumotlaridan foydalanildi.
Ushbu "Tadbirkorlik qobiliyatingiz bormi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 20 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 15
Mehmonlar: 15
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar