prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Sochlaringiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz, ularni quyoshdan himoya qiling

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Quyosh nurlari kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sochlaringizga emas. Agar sochlaringizni maxsus vositalar yordamida himoyalamasdan uzoq vaqt quyoshda yursangiz ular zarar ko‘rishi mumkin. Yozni qanday qilib quyoshli joylarda sochlarga zarar yetkazmasdan o‘tkazish haqida maslahatlar bermoqchimiz.

Sochlaringizni, shuningdek bosh terisini ham himoya qilish uchun siz shapka, ro‘mol yoki beysbolkalardan foydalanishingiz mumkin. Agar sochlaringiz haddan tashqari nozik bo‘lsa yoki yozgi ta’tilni issiq mamlakatlarda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishga beparvo bo‘lmang. Ayniqsa, siz quyoshda qorayishga va dengizda cho‘milishga o‘ch bo‘lsangiz.

Sochlar uchun vositalar shaxsan tanlanishi shart va ularni tanlashda siz sochlarning holatini hisobga olishingiz kerak. Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, yengil teksturali quyoshdan himoyalovchi purkagichlarni tanlaganingiz yaxshi.

Qalin sochlarga esa ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi kremlardan foydalanishingiz mumkin. Bunday kremlarning afzalligi – ularning oziqlantiruvchi xususiyatlari. Shuning uchun ulardan tez-tez foydalanish ham mumkin emas.

Bizning maslahatimiz: Agar sizning sochlaringiz har doim quyoshdan tashqari dengiz va qumlar bilan ham uzviy aloqada bo‘lsa, ularning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratishingiz zarur. Qumloqda o‘tkazilgan kunning oxirida sochlaringizni yaxshilab shampun va ularni parvarishlashda ishlatiladigan oziqlantiruvchi vositalar yordamida yuving.
Ushbu "Sochlaringiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz, ularni quyoshdan himoya qiling" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 33 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 2
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 1
lenafp11
Umumiy ma'lumotlar