prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Yo’talni uy sharoitida davolash — quruq va nam yo’talga qarshi xalq tabobati vositalari

Joylandi: 10.12.2019, 13:15
Yo’tal bilan har bir inson yaxshi tanish — bu sindrom o’tkir respirator virusli infektsiya yoki umumiy shamollashning birinchi alomatidir. Terapevtik kurs aynan yo’talni davolash bilan boshlanadi, chunki uning xurujlari normal hayotga ko’plab qiyinchilik va noqulayliklar olib kiradi. Quyida yo’talni uy sharoitida davolash usullari haqiga gap boradi.

Yo’talni davolashning asosiy usullari
Shifokorlar balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi ta’sirga ega bo’lgan ko’plab dori-darmonlarni taklif qilishlari mumkin va odatda ulardan foydalanish 3-4 kun ichida ijobiy natijalar beradi. Ammo xalqona tibbiyot ham o’z «arsenal»ida har qanday turdagi yo’taldan xalos bo’lishga yordam beradigan ko’plab mashhur vositalar va retseptlar saqlaydi. Agar ushbu sindrom o’z vaqtida davolana boshlansa, xalqona vositalar hatto 1-2 kun ichidayoq muammolarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Albatta, ularni qo’llashdan oldin shifokorning tavsiyasini olish kerak.
Yo’tal rivojlanishi sabablari haqida→

Sut bilan uy sharoitida yo’talni davolash yo’llari
Sut — yo’talishni davolash uchun eng samarali mahsulot deb hisoblanadi. Uning tarkibida tomoqdagi qichishish va mos ravishda yo’tal xurujlarini qisqartirishga yordam beradigan maxsus moddalar mavjud. Yo’talning dastlabki belgilari kuzatilishida iliq sutdan foydalanish mumkin — bu holatda ham sigir, ham echki suti foydali bo’ladi. Ammo yo’tal barqaror, xurujsimon shaklga o’tsa, unda davolash uchun sutga asoslangan xalqona retseptlardan foydalanish yaxshiroq:

Sut va asal. Bu yo’talga qarshi tabiiy vositalar orasida eng mashhuri hisoblanadi, ayniqsa, qo’llashning birinchi kunidayoq tunggi yo’tal xurujlaridan xalos etadi. Vositani tayyorlash uchun bir stakan issiq sutga bir choy qoshiq asal qo’shish kerak — kuchli shifobaxsh xususiyatlarga ega ushbu «kokteyl» tayyor. Ammo tabiblar sutga nafaqat asal, balki bir chimdim oddiy iste’mol sodasi yoki ¼ choy qoshiqdan vanillin/dolchin, 1 ta dafna yaprog’i va 2 dona yanchilmagan murch qo’shishni ham tavsiya etishadi. Agar sutga yuqoridagi qo’shimcha komponentlar qo’shilsa, sutni avval qaynagunigacha qizdirish, shundan so’ng sovutib ichish kerak bo’ladi. Sut va asal aralashmasidan tayyorlangan har qanday boshqa tarkibli vosita uchun tavsiya etiladigan doza — kuniga 2 stakan, issiq shaklda kichik ho’plamlar bilan ichish.
Ushbu "Yo’talni uy sharoitida davolash — quruq va nam yo’talga qarshi xalq tabobati vositalari" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 21 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 3
jesusvr4, ArthurUnlix, estellalg3
Umumiy ma'lumotlar