prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Feta pishlog’i bilan tayyorlangan ratatuy

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Ratatuy — rang-barang sabzavotlardan tayyorlaniladigan mazali taomdir. Faqatgina sabzavotlardan tashkil topganligiga qaramasdan bu yegulik juda to’yimli bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

1 429
Qadam 1 Tugllandi
Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2 Tugllandi
Piyoz va sarimsoq piyozni mayda qilib to'g'rab olamiz. Bulg'or qalampiri, baqlajon va qovoqchani o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.

Hammasini pishiradigan issiqqa chidamli qolipga solamiz.

Qadam 3 Tugllandi
Aralashmasini tayyorlab olamiz. Buning uchun limon sharbati, oq vino sirkasi va zaytun yog'ini aralashtirib olamiz. Ustidan timyan va rozmarin shoxchalarini solamiz. Qolipdagi sabzavotlar ustidan quyib, tuz va murch sepamiz.

Qadam 4 Tugllandi
Pomidorni po'stini archib tashlab, o'zini blenderda ezib maydalaymiz. Tuz va murch sepib, qolipga quyamiz.

Qadam 5 Tugllandi
Pechga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pechdan olib, ustidan feta pishlog'ini qo'yib chiqamiz va yana 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6 Tugllandi

Sabzavotli ratatuyni iloji bo'lsa qovurilgan non yoki pechda pishirilgan kartoshka bilan birga tortilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Ushbu "Feta pishlog’i bilan tayyorlangan ratatuy" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 32 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 7
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar