prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

QOVURMA LAG’MON

Joylandi: 09.12.2019, 23:49
Oilamning sevimli taomi desam adashmayman. O’g’limning buyurtmasi bilan tayyorladim. Hamir ovqatlarni yaxshi ko’radi.

Kerakli masalliqlar
Go’sht
bulg’ori
piyoz
tuz
soya sousi
Hamiri uchun
4 piyola un va qattiqroq hamir bo’lguncha tuzli suv ( suvni sho’r qivorish kerakmas, hamirni cho’zvokkanda yaxshi cho’zilmaydi)
Tayyorlanishi
Hamir ovqat qilishdan oldin har doim hamirni birinchi bo’lib qorib qo’yaman. Tingan hamir yaxshi yoyiladi, yaxshi cho’ziladi. Avval hamir qorib qo’ydim. Hamirni cho’zish to’liq qilib »O’zbekcha lag’mon» da tushintirib o’tganman. Hamir tinguncha qaylasini tayyorlaymiz. Buning uchun piyozni to’rtburchak shaklda to’g’riymiz. Qozonga ikki cho’mich yog’ solib qizdirib olamiz. Yog’ yaxshilab qizigandan keyin piyozni solamiz.Ketidan go’shtni ham kattaroq, parragini ingichka qilib buni ham to’rtburchak shaklda to’g’rab qozonga solamiz. lag'mon uchun go'shtlag'mon uchun go'sht

go'sh va piyoz
O’rta olovda aralashtirmasdan shu holatda piyoz biroz qizarguncha turadi.

lag'mon go'shtini tayyorlash

Qovurvokkanimda tuz ham sepib qovuraman. Buvim, agar go’sht tuzlanmagan bo’lsa, qovurvokkanda tuz sepib qovursen, go’shtga maza kiradi der edilar. Keyin ketidan bulg’orini ham to’rtburchak shaklda to’g’rab solamiz. Manda yozda lag’monga deb yopib qo’ygan konserva bor edi, shundan soldim. Ichida pomidori ham bor. Agar sabzavotlarni yangiligicha qo’shmoqchi bo’lsangiz, qizarishi uchun pomidor ham qo’shishni unutmang.lag'mon say

Keyin ikki osh qoshiq soya sousdan soldim.

soya

lag'mon qaylasi
Keyin ko’rib turilgandek, masalliqni ko’mar ko’mmas suv solib, ustinii yopib past olovda qoldirdim. Ungacha hamirni cho’zib pishirib olamiz. Mana tayyor qaylamiz, suviga qarab turamiz, kamlik qilsa yana solamiz, bir soatcha qaynashi kerak, go’shtlari yaxshi pishib olguncha.

lag'mon qaylasi
Tayyor qaylaga pishgan hamirni hammasini solamiz.

lag'mon qaylada

Yaxshilab aralshtirib qopqog’ini yopib qo’yamiz. Hamir suvini shimib olguncha. 5-10 mint dimlab qo’yamiz. Hamirga ham biroz rang kirishi kerak. Mana tayyor bo’lgan qovurma lag’monnig ko’rinishi.

qovurma lag'mon
Agar taomni suzganizda suvi shimilib ketmagan bo’lsa baland olovda suvini shimib olguncha tez-tez asta aralshtirib turing. Mana qovurma lag’mon va qovurilmagan lag’monni farqi.

lag'mon

Suvlari shimilib ketishi kerak. Tayyor bo’lgan qovurma lag’mon ustiga tuhumni yaxshilab atalab, quymoqga o’xshab yog’da qovurib olamiz va somoncha shaklda mayda to’g’rab suzilgan taom ustiga solib dasturhonga tortiladi.qovurma lag'mon

Yoqimli ishtaha!….
Ushbu "QOVURMA LAG’MON" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 11
Mehmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar