prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

SUSHI VA ROLL

Joylandi: 09.12.2019, 23:20
Sushi va Rollar. Bu ham oilamning yaxshi ko’rgan yaxna taomi. You tube dan ko’rib o’rgangan edim. Asosan guruch va guruch uchun maxsus uksusli aralashma tayyorlash kerak ekan. Sotuvda ham bo’lar ekan maxsus sushi uchun deb yozilgan uksuslar, lekin uni olish shart emas ekan. Uy sharoitida ham tayyorlasa bo’lar ekan. Avval bir narsaga oydinlik kiritib olsak, sushi va rollining farqi nimada. Man internetdan topgan ma’lumotim quyidagicha ekan.

Sushi bu guruchli uzun kolbasa. Uni ichida noriga o’ralgan, tunes balig’i, krevetka yoki sakkiz oyoqdan iborat ekan.

Roll bu barcha dengiz mahsulotlari guruchga o’ralib uni usti esa nori bilan qoplangan rulet ekan.

Batafsil ma’lumot mana bunday.( Суши – это рисовая длинненькая колбаска, на ней – кусочек рыбы (тунец, сёмга – сырые, копчёный угорь, креветка или осьминог – и вся эта красота перевязана тоненькой полосочкой нори – листа сушеной морской капусты.
А роллы – это рулетик – внутри – морская начинка, затем – рис – и всё завернуто в лист нори. Если нори сверху – это нори-маки. Бывают роллы, когда сверху – рис, обсыпанный кунжутным семенем, а нори – внутри – это уро-маки.)

Kerakli masalliqlar: 500 gr guruch ( o’rtacha yumaloq guruch, O’zbekistonda alanga guruch mos kelsa kerak. Man puding uchun deb yozilgan guruchdan foydalandim)

Guruchni ko’mguncha suv.

Nori yaprog’i( quritilgan dengiz karomining yaprog’i)

Dudlangan lasos balig’i

1 ta bodring

200 gr filadelfiya( man buko ishlatdim. O’zbekistonda hamyonbob o’zimizni suzmadan ham foydalansa bo’ladi.)

Krab ( 3-4 dona tayoqchalaridan. Shuni o’zi yetarli.)

Kunjut ( bezagi uchun)

Maxsus uksus: 30 ml uksus (10% li uksus bo’lishi shart)

30 ml suv

2 osh qoshiq shakar

1 choy qoshiq tuz ( shakar va tuzni qoshiqni liq to’latib emas)

Avval guruchni tayyorlashdan boshliymiz. Guruchni yaxshilab yuvamiz, oppoq rangiz suv bo’lguncha, keyin guruchimizni ustiga muzdek suv solamiz. Suv guruchdan ikki barmoq qalinlikda ko’tarilib turishi kerak. Guruchni qaynab chiqquncha eng baland olovga ustini yopib qo’yamiz. Guruch suvi qaynab chiqqandan keyin, olovni eng pastiga pasaytirib 20 minut dimlanadi. Guruchni pishirish davomida ustini ochmiymiza. 20 minutdan keyin, olovini o’chirib, qopqog’ini ochib ustiga idishni ustiga sochiqni yopib uni ustidan yana qopqog’ini yopib qo’yamiz. Plitadan olmiymiz, lekin tagini o’chirib qo’yamiz.



Guruch pishguncha uksusli aralashmani tayyorlab olamiza. Kattaroq idishga uksus, suv, shakar, tuzni solib hammasi erib ketguncha aralashtiramiza. Avval hiraroq suyuqlik bo’ladi, shakar va tuz yaxshilab erib ketgandan keyin suyuqlik tiniq bo’ladi.

Mana shunday tiniq holga kelguncha yaxshilab aralashtiramiza.

Guruchimizni ustiga sochiq bilan yopganimizdan keyin 20 minut vaqt o’tgach guruchga uksusni solib yaxshilab aralashtiramiz. Bu uksusli aralashma faqat 500 gr guruch uchun, agar guruchni miqdorini ko’paytirmoqchi bo’lsangiz, tayyorlanadigan uksusni ham barcha massaliqlarini shunga moslash kerak. Aslida videoda 1kg guruch uchun qilingan edi, man shuni yarmini qilganim uchun, uksusli aralashmani proprtsiyasini moslab oldim. 0,5 kg guruchdan ham ancha chiqadi.

Guruchimiz tayyor bo’lgandan keyin sushini tayyorlasak bo’ladi. Norilarning barchasi standart bo’ladi. O’sha videoda ko’rib qilganimdek tushuntiraman. Ichiga nori o’raladigan bo’lsa norini teng ikkiga bo’lamiz. Sushi va rolli qilish uchun maxsus rasmdagidek taxtachali o’riydigani bo’ladi. Ustiga strech salafn qilib ishlatsa, qulay ekan.

Keyin ustiga guruchni qoplab chiqamiz, man taxminan soldim, videoda o’lchab solgandi, man restoranga emas, uyga qilganim uchun mo’ljallab sovurdum. Guruchni norini ustiga qoplavokkanda mana rasmda ko’rsatganimdekikki barmoq qalinlikda joy qoldiramiza. Guruchni esa boshqa tomonidan shunday qalinlikda chiqarib solib, tekisliymiz. guruch yopishqoq bo’ladi, shuning uchun qo’lni suvlab qilinadi.

Keyin norini tepaga qaratib aylantirib olamiza.

Ichiga solinadigan masalliqlarni ingichka somoncha qilib to’g’rab oldindan tayyorlab olamiza.

Ichiga hohishga qarab sovuramiz. O’rashda ahamiyatliroq bo’lib o’riymiz.

Ko’rsatgich va bosh barmoq bilan taxtachani ushlab, qolgan barmoqlarda solingan masalliqni o’zimiz tomonga itarib turib zich qilib ezvormasdan o’riymiz. Aylantirib aylantirib dumaloqliymiz. Tog’risi manga aynan shu jarayoni yoqdi, chiroyli ruletchalar hosil bo’ladi.

Cheti shunday holatda bo’ladi, uni ham taxtachaga o’ragan holda qo’limiz bilan tekislab qo’yamiz.

Shu tarzda boshqalarini ham qilamiza. Negadir shu ko’rgan videoni topolmadim, agar topsam shu yerga joyliman, yani o’ralishini juda chiroyli qilib ko’rsatgan edi.

Endi ROLLini tayyorlaymiz. Bunda nori ustiga bo’ladi, rolli qiladigan bo’lsak norini bo’lmasdan butunlikcha ishlatamiz. Man shunday qildim, ochilib ketmasligi uchun. Guruchni ham shunga moslab solamiz, lekin hammasiga to’liq qoplamiymiz, huddi rasmdagidek.

Ba’zisiga buko soldim ba’zisiga solamdim. Buko solganim ko’proq yoqdi, uydagilarga. Mana shunday qilib bir qator soldim.

Keyin yoniga bodring, krabdan soldim. Buni ham huddi yuqorida keltirib o’tganimdek o’radim.

Shu tarzda sushu va rollilarni tayyorlab oldim. Hohishga qarab ustini bezatamiz, man kunjut va dudlngan lasos balig’i bilan qildim. Baliqni ham ustiga qo’yib chiqib taxtacha bilan yana bir bor tekislab qo’yamiz.

0,5 kg guruchdan 6 ta ruletlar chiqdi. Buni kesish usuli ham bor ekan, bu ham bir siri. Ya’ni kesvokkanda suhi va rollilarni ezvormasdan, shaklini buzvormasdan kesish. Pichoqni muzdek suvga botirib olib , shu suvini artmasdan turib kesamiz. Avval teng ikkiga bo’lamiz, keyin pichoqni yaxshilab artib yana suvlab bo’lingn bo’lakchalarni yana teng ikkiga bo’lamiza. Shunday holda kesib chiqilar ekan, har kesishdan oldin, pichoqni muzdek suvga botirib olish kerak ekan.

Sushi kesilganda to’g’ri o’ralgan yoki o’ralmaganini, bilib olsa bo’ladi. Noriga o’ralgan masalliqlar norining ichidan chiqib ketmagan bo’lsa, yani nori ularning chegarasida tursa demak shushi to’g’ri , ustalik bilan o’ralgan bo’ladi. Buni sushi bo’yicha MK sirini etgandi. Man ham kesishim bilan shunisiga e’tibor beraman.

Mana sushilar ham tayyor.

Yoqimli ishtaha!…

Sushi va rolli judayam to’yimli yaxna taom ekan. Bu taom ham o’g’ilimning yaxshi ko’rgan taomlaridan biri. Judayam yaxshi ko’radi. Ancha vaqt ketadigandek tuyilgani bilan bir o’rganib olinsa unchalik ko’p vaqt talab qilmaydi.
Ushbu "SUSHI VA ROLL" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 17 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar