prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

TURKCHA BUREK

Joylandi: 09.12.2019, 23:33
Bu burekni tayyorlanishini youtubedan O’rgangan edim.Retsept uchun Nargiza Yusuf Esmanurga minnadorchilik bildiraman. Mehmon kutishlaga judayam chiroyli, antiqa pishiriq bo’lar ekan. Oddiy burakdan ko’p qilar edim, har hil qiymali burakni shu ko’rinishda birinchi qilishim. Oilamdagilarga ham yoqdi.

Kerakli masalliqlar: 300 gr qiyma

1 ta piyoz

4-5 ta kartoshka

400 gr brinza

500 gr smaloq

Ziravorlar ( man paprika, tuz, qiyma uchun zira ishlatdim)

Margarin ( eritib hamirga surish uchun)

Tayyorlanishi:

Man tayyor burak uchun ishlatiladigan hamirdan foydalandim. Agar unaqa hamir bo’lmasa oddiy tuzli suvga hamir qilib ham qilsa bo’ladi. Yoyganda yupqa qilib yoyiladi. Hamir tayyor bo’lgani uchun, avval qiymani piyoz bilan qovurib qo’ydim.

Keyin qiymadan ajrab chiqqan yog’iga kartoshkani qirg’ichdan chiqarib qovurib, ozgina paprika qo’shdim, rangi qizilroq bo’lib turishiga va ustidan yarim piyola suv solib dimlab qo’ydim. Kartoshka pishguncha.

Kartoshka pishguncha smaloqlarni yaxshilab yuvib, uni ham yog’da qovurib oldim.

Hamma masalliqlar sovugandan keyin, hamirga o’riymiz. Brinzani maydalab, qovurilgan smaloqdan ozginasini solib aralshtirib qo’yamiz.

Bir qavat hamirni ochib, ustiga eritilgan margarin suramiz va qiymani yarmini solib, rulet qilib o’riymiz. Qolgan masalliqlarni ham shu tarzda hamirga o’rab chiqamiz.

Mana 4 hil qiymadan 8 ta rulet chiqdi.

4 hil qiymani hamirlarga o’rab chiqqandan keyin, boshqa hamirni olib uchtasinni orasiga eritilgan margarindan surib uch qavat qilib ustma ust qo’yamiz. Va 4 ta o’ralgan ruletni qo’yamiz. 1 ta qiymali, 1ta kartoshkali, 1 ta smaloqli va 1 ta brinzali qilib uch qavat tahlangan hamirni ustiga qo’yamiz, Keyin hammasini rulet qilib birgalikda o’riymiz.

Shu hamma masalliqdan ikki katta rulet chiqdi. Tayyor hamir ham ortgani yo’q. Hammasi o’lchangandek yetdi. Agar sizda tayyor hamir bo’lmasa hamir qilganizda 14 ta zuvalachalar qilish kerak. Shunda hammasi yupqa qilib yoyilib huddi shu tarzda tayyorlanadi. Rulet qilib o’ralgan hamirni muzxonaga 2-3 soatga qo’yamiz. Keyin muzxonadan olib, ustiga tuhumni sarig’ini suramiz.

Tuhumni sarig’ini surib bo’lgandan keyin ikki barmoq qalinlikda kesib, listga qo’yamiz.

Oldindan qizdirib qo’yilgan pechga chetlari qizarguncha qo’yamiz. Man 200 C da usti qizarguncha pishirdim. Hamir pishsa bo’ldi, chunki ichidagi qiymalari pishib bo’lgan. Hamir tayyorlash, qiymalarni alohida tayyorlashga ancha vaqt ketadiku. Lekin qilgan mehnatizga achinmaysiz, judayam mazali va ko’rinishi ham chiroyli chiqar ekan.

Mana turkcha bureklar tayyor. O’g’limni gapi bo’yicha «har bitta tishlanganda boshqacha maza bo’larkana oyijon» deb qo’ydi.

Yoqimli ishtaha!…
Ushbu "TURKCHA BUREK" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 13 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 8
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 1
jannieki18
Umumiy ma'lumotlar