prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Vetnamcha Fo sho'rvasi


Joylandi: 22.01.2020, 22:36
Sho'rva tayyorlash
Tansiq yeguliklar ishtiyoqmandlari uchun Vetnam ayni muddao mamlakat. Sayyohlarning oqib kelishi natijasida bu yerlarda juda ko'plab oshxona, kafe, restoran va boshqa taomgohlar barpo etilgan. Sayohat chog'ida sayyohlar bu yerlarda meksikancha, italyancha, hindcha taomlardan bahramand bo'lishlari mumkin. Alohida e'tiborga molik yeguliklar - bu baliq va boshqa turdagi dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlardir.

Vetnamda qisqichbaqa, dengiz qo'ziqorini va ustritsa kabi qimmatbaho dengiz mahsulotlarini arzon narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Biroq mamlakatning shoh taomi - Fo sho'rvasi hisoblanib, u yana Fo-bo deb ham ataladi.

Vitamin va mikroelementlarga boy, to'yimli, ammo shu bilan bir qatorda kam kalloriyaliligi hamda ortiqcha vazn qo'shilishga sabab bo'lmasligi - taomning o'ziga xos xususiyatidir. Bu sho'rva dastlab 19 asrda Xanoyda paydo bo'lgan. Uni maxsus sotuvchilar ko'chalarda sotib yurgan: 2 ta quticha - birida lag'mon, ziravorlar, dengiz mahsulotlari va boshqa qo'shimchalar bo'lsa, ikkinchisida mol go'shtidan tayyorlangan mazzali sho'rva bo'lgan. Xo'randalar sho'rvani nima bilan, qancha miqdorda iste'mol qilishni o'zlari belgilaganlar. Bunday urf-odat bugungacha saqlanib qolgan. Taomning asosini 8 soatdan kam bo'lmagan vaqtda qaynatilgan sho'rva va guruch unidan tayyorlangan lag'mon tashkil etadi. Qo'shimcha ziravor va turli xil qaylalarni o'zingiz tanlashingiz mumkin.

Dastlabki Fo restorani o'tgan asrning 20 yillarida Xanoyda ochilgan. 100 yilga yaqin muddat ichida bu taom nafaqat milliy taom sifatida shakllanib ulgurdi, balki dunyo miqyosida Vetnamning tashrif qog'oziga aylandi.
Ushbu "Vetnamcha Fo sho'rvasi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 25 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar