prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

«Banoffi» torti

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
«Banoffi» deb, banan va tuzli karamel qorishmasidan tashkil topgan tortga aytiladi.

Bunda bananlar biskvit ichiga solinadi, tuzli karamelni esa kremga solamiz. Bu tort uchun kerak bo’ladigan tuzli karamelni retseptini esa bu yerdan topishingiz mumkin.

Masalliqlar:
Biskvitiga:
280 gramm sariyog'
280 gramm shakar
5 ta tuxum
3 ta banan
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
280 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1,5 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq tuz
Kremiga:
4 ta tuxum oqi
180 gramm shakar
250 gramm yumshatilgan sariyog'
200 millilitr tuzli karamel
1 dona banan
Qadam 1

Qolipni tayyorlab olamiz. Aylanasi 18 sm li qoliplardan agarda iloji bo'lsa 3 ta kerak bo'ladi. Agar bo'lmasa bittada navbati bilan pishirib olamiz.

Yoki biskvitni aylanasi 20-22 sm li 2 ta qolipda pishirsak ham bo'ladi . Qolipni chetlarini yog'lab, ostiga pergament qog'oz to'shaymiz.
Qadam 2

Bananlarni sanchiqda ezib olamiz.

Sariyog'ni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz. So'ng bittadan tuxum solib, ko'pirtirishni davom etamiz.

Ezilgan bananlarga vanil ekstraktini solib aralashtiramiz.
Qadam 3

Alohida idishga un, tuz, iste'mol sodasi va qabartmani solib aralashtiramiz.

Quruq aralashmalarni sariyog'li massaga solamiz.
Qadam 4

Qolipingiz hajmiga qarab xamirni teng ikkiga yoki uchga bo'lasiz.

Xamirni qoliplarga solib chiqamiz.
Qadam 5

175° darajada qizdirilgan gaz pechida pishgunicha pishiramiz.

Agar qolip bitta bo'lsa, korjlarni navbati bilan pishirib olamiz.
Qadam 6

Krem

Tuxum oqi va shakarni idishga solib aralashtiramiz.

Idishimizni suv bug'iga qo'yamiz va shakar erigunicha aralashtiramiz.
Qadam 7

So'ng olib, mikser yordamida yaxshilab ko'pirtiramiz.
Qadam 8

So'ng ko'pirtirishda davom etib, 1 choy qoshiqdan sariyog' solamiz va ko'pirtiramiz.

Sariyog' krem bilan yaxshilab qorishib ketganidan so'ng qolganlari solinadi.

Oxirida 100 millilitr karamel solinadi va aralshtirib olinadi.
Qadam 9

Agar biskvitni ikkta qolipda pishirgan bo'lsangiz, unda har birini teng ikkiga bo'lib olasiz.

Agar 3 ta qolipda pishirgan bo'lsangiz, unda ularni kesish shart emas.
Qadam 10

Korjlarga kremnni surtib olamiz va bananni parrak qilib to'g'rab, krem ustida n qo'yib chiqamiz.
Qadam 11

Tortga krem surtib yig'amiz va chetlariga ham krem surtib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 12

Qolgan karamelni isitib olamiz, va tortni ustidan quyamiz.

Ustini esa karamelli obakidandonlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "«Banoffi» torti" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 15 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 10
Mehmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar