prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Bodom bilan bezatilgan tort – mehmonlarni xursand qiling!

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Zarur masalliqlar: 250 g sariyog`, 3,5 st un, 1 st suyuq qaymoq, 20 g achitqi, 0,5 l sut, 100 g shokolad, 3 ta tuxum sarig`i, 150 g shakar, bir chimdim tuz.

Tayyorlanishi: 1. Achitqini suyuq qaymoq bilan aralashtirasiz. Unga sariyog` va bir chimdim tuz solib, qo`lga yopishmaydigan xamir qorasiz va elim xaltaga o`rab yarim soatga muzlatgichga qo`yasiz.

2. Kremini tayyorlash uchun shokoladlarni bo`laklarga bo`lib olasiz. Sutni past olovda isitib shokolad bilan aralashtirasiz.

3. Shakarni tuxum sarig`i bilan ko`pirtirib unga un solasiz. Agar sal quyuqlashgan bo`lsa biroz sut qo`shib yuborishingiz mumkin. Asta-sekinlik bilan kavlab turgan holda shokoladli aralashmaga solasiz. So`ng quyuqlashgunga qadar aralashtirib turishingiz lozim. Va sovitish uchun salqin joyga olib qo`ying.

4. Xamirni ikki bo`lakka bo`lib oling. Maxsus qog`ozni qolipiga moslab kesib olib o`shani ustida un sepib 2-3 mm qalinlikda xamir yoyiladi. Ortiqchasini kesib tashlab, sanchqi bilan har joy-har joyidan sanchib chiqasiz. 200S daraja qizigan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirasiz. Ikkinchi xamirni ham shu tariqa pishiriladi.

5. Tayyor bo`lgan korjni yana ikkiga bo`lib qat-qat qilib taxlaysiz. Har bir qavat o`rtasiga krem surtasiz. Ustiga shokoladli glazur quyib maydalangan bodom bilan bezatasiz.
Ushbu "Bodom bilan bezatilgan tort – mehmonlarni xursand qiling!" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 26 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 11
Mehmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar