prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Bolalar oshxonada: smetana va rezavor mevali pishiriqlar

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Sizlar bugun smetana va rezavor mevalardan tayyorlanilgan pishiriqlarni qanday tayyorlashni bilib olasiz.

Pishgan mazali savatchalarimizga qarab, bularni bolajonlar tayyorlaganiga ishongimiz kelmaydi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:
120 gramm shakar
100 gramm un
20 graamm kraxmal
4 ta tuxum
Kremiga:
200 gramm smetana
50 gramm shakar upasi
1 o'ram vanilin
200 gramm har xil rezavor mevalar
bir nechta yalpiz yaproqchalari
20 gramm yumshatilgan sariyog'
uustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1

Qolipchalarga sariyog'dan surtib, ustidan ozroq un sepamiz.
Qadam 2

Unni elab olamiz.
Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz.
Tavsiya: tuxumlar muzdekroq bo'lsa, ularning sarig'ini oqidan ajratish osonroq kechadi.
Qadam 3

Tuxum sarig'larining ustidan shakarning yarmini solib mikserda yaxshilab ko'pirtirib oling.
3-4 daqiqa mikserda ko'pirtirilgandan so'ng, aralashma deyarli oq rangga kiradi.
So'ng mikser uchligini olib yaxshilab yuving va artib quriting.
Qadam 4

Alohida idishga tuxum oqlarini solib mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiring, so'ng qolgan shakarni soling.
Qadam 5

Massa yaltiroq va qattiqroq bo'lgunicha, taxminan 1-2 daqiqa yana ko'pirtiramiz.
Qadam 6

Tuxum oqiga ko'pirtirilgan tuxum sarig'larini solib, qoshiq yoki oshxona belkurakchasi yordamida aralashtirib olamiz. (Mikserda emas!)
Qadam 7

Ustidan kraxmal bilan elangan unni solib, asta-asta aralashtirib olamiz.
Qadam 8

Xamirni tayyorlab qo'yilgan qolipchalarga 2/3 qismda solib chiqamiz.
Qadam 9

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 10

Qolipchadagi pishiriqlarni 10 daqiqadan so'ng qolipidan ajratamiz va sovutib olamiz.
Qadam 11

Biskvitlarni ustini kesib tashlab, ichini qoshiq yordamida o'yib olsk, savatchalar tayyor!

O'rtasidan o'yilgan xamirlarni mayda bo'lakchalarga bo'lamiz.
Qadam 12

Idishga smetana, shakar upasi va vanilinni solib, ozroq ko'pirtirib olamiz.
Qadam 13

Kremga o'yilgan biskvit bo'lakchalari va rezavor mevalarning yarmini solib, aralashtirib olamiz.
Qadam 14

Savatchalarni krem bilan to'ldiramiz.

Pishiriqni 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 15

So'ng olib, ustini qolgan mevalar va shakar upasi bilan bezatamiz.
Qadam 16

Endi dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Bolalar oshxonada: smetana va rezavor mevali pishiriqlar" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 24 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 3
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 1
stephanieuz1
Umumiy ma'lumotlar